USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qozoğistonda “oltin viza” joriy etiladi

125 марта

Qozoğistonda “oltin viza” joriy etiladi

Endi Qozoğistonda bir qança imkoniyatlarga ega bölgan “oltin viza” joriy etiladi. Bu haqda Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev mamlakat migratsiya siyosati butunlay yangi modelga ötkazilişi haqida farmon imzoladi.

Yangi model investorlari, malakali mutaxassislar va istedod egalarini jalb qilişga yönaltirilgan. Hujjat avvalgi ruxsat va kvota tizimidan voz keçib, uning örniga rağbatlantiruvçi yondaşuvni joriy etişni nazarda tutadi. Şuningdek, raqamli islohotlar amalga oşiriladi.


Islohotlarning asosiy maqsadi Qozoğistonni investitsiyalar va inson kapitali uçun mintaqaviy markazga aylantirişdir. Hukumatga barça özgarişlarni 2026 yil oxirigaça yakunlaş vazifasi yuklatilgan.

Islohot doirasida viza tizimi qayta körib çiqiladi. Viza toifalari birlaştirilib, yangilari qöşiladi. Xususan, investorlar va direktorlar kengaşi azolari uçun biznes-viza, olimlar, şifokorlar, madaniyat vakillari va yetakçi oliy öquv yurtlari bitiruvçilari uçun malakali mutaxassis vizasi, şuningdek, aniq investitsiya loyihalarida iştirok etadigan vaqtinçalik işçilar uçun işçi viza joriy etiladi.

Bundan taşqari, “oltin viza” tizimi ham yölga qöyiladi. Uning egalari davlat xizmatlaridan kengroq foydalaniş huquqiga ega böladi. Şuningdek, ular jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği, mol-mulk va yer soliğidan ozod etiladi.

Şu bilan birga, raqamli rezident ID tizimi joriy qilinadi. U xorijiy fuqarolar uçun davlat va moliyaviy xizmatlardan foydalanişda şaxsni tasdiqlovçi raqamli hujjat vazifasini bajaradi. Yetakçi xorijiy oliygoh diplomlari esa nostrifikatsiya jarayonisiz avtomatik tan olinadi.
Raqamlaştiriş doirasida xorijiy fuqarolar uçun QazETA yagona platformasi yaratiladi. Unda e-Residency moduli va e-Residency Invest dasturi böladi. Bu tizim orqali elektron rezidentlar Qozoğistondagi loyihalarga hamda Xalqaro moliyaviy markaz (AIFC) maydonçasidagi investitsiyalarga banklar orqali sarmoya kiritiş imkoniga ega böladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: