Rossiyada özbekistonlik erkak bir qiz sababli qotillikda ayblanmoqda
2-05-2026, 19:54
250 марта

Rossiyada özbekistonlik erkak bir qiz sababli qotillikda ayblanmoqda
Rossiyada 31 yoşli Özbekiston fuqarosi 45 yoşli erkak bilan muştlaşib, uni öldirib qöyganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati böyiça Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.Qayd etilişiça, joriy yilning 25 aprel kuni keçqurun Sverdlov nomidagi posyolkada ikki erkak özaro janjallaşgan. Janjaldan söng ulardan biri qoçib ketgan, ikkinçisi esa yerda harakatsiz holda qolgan. Voqea guvohi bölgan şaxs hodisa haqida tegişli taşkilotlarga xabar bergan.
Voqeajoyiga yetib borgan şifokorlar erkakning allaqaçon vafot etganini aniqlagan. Politsiya malumotiga köra, marhum 45 yoşli fuqaro Tver viloyati fuqarosi bölgan. Uning öng çakka qismida jarohat aniqlangan. Hodisaning sababi qiz bölişi mumkinligi aytilmoqda.
Mazkur holat böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Tergov organlari uşbu hodisani “oğir tan jarohati yetkaziş, ehtiyotsizlik oqibatida ölimga sabab böliş” sifatida baholagan.