Rossiyada odam öldirgan özbekistonlikka 1 yil şartli qamoq jazosi berildi
19-11-2025, 22:12
565 марта

Rossiyada odam öldirgan özbekistonlikka 1 yil şartli qamoq jazosi berildi
Rossiyaning Moskva viloyatidagi Şyolkovo şahrida 49 yoşli kar-soqov erkakni örib öldirib qöygan, 26 yoşli Özbekiston fuqarosiga 1 yillik şartli qamoq jazosi tayinlandi. Jasadni yaşirişga yordam bergan şerigi esa mamlakatdan deportatsiya qilindi. Bu haqda “Moskva onlayn” xabar berdi.Voqea joriy yilning 20 iyul kuni yuz bergan. Marhum metall qidirib yurgan ikki kişiga imo-işora bilan tanbeh bergan. Migrantlar buni haqorat deb tuşungan va ulardan biri kar-soqov erkakni bir neça bor kaltaklagan. Jabrlanuvçi yiqilib, boşidan olgan oğir jarohatlar tufayli voqea joyida halok bölgan.
Hodisa sodir bölgaç, ikki erkak jasadni yon tomonga sudrab, izlarini yaşirişga uringan. Köp ötmay ular qölga olingan. Ulardan biri qotillikda ayblangan bölsa, ikkinçisi jinoyat izlarini yöqotiş moddasi bilan javobgarlikka tortilgan.
Xabarda aytilişiça, dastlab tergov gumonlanuvçining xatti-harakatlarini “qasd bilan oğir tan jarohati yetkaziş” deb baholagan. Ammo keyinçalik ayblov “ehtiyotsizlik oqibatida ölimga sabab böliş” moddasiga yengillaştirilgan. Şu sababli hukm ham yumşatilgan.
Marhumning qarindoşlari sud qarorini keskin tanqid qilmoqda. Ularning aytişiça, marhum erkak janjalga sabab böluvçi xeç qanday harakat sodir etmagan, tergov esa bu holatni inobatga olmay, sudlanuvçilarga yon bosgan.