BAA osmoni yana oçildi: barça parvozlar töliq tiklandi
2-05-2026, 20:21
67 марта
BAA osmoni yana oçildi: barça parvozlar töliq tiklandiBAA rasmiy axborot agentligi — WAM xabariga köra, mamlakat öz havo hududini töliq oçgan va barça aviaqatnovlar qayta tiklangan.
Malum qilinişiça, hozirda BAA hududida aviatsiya faoliyati odatiy rejimda davom etmoqda. Aeroportlar va aviakompaniyalar ştat tartibida iş olib borayotgani, yölovçi taşiş jarayonlarida çeklovlar mavjud emasligi takidlangan.
Rasmiylar uşbu qaror parvozlar xavfsizligi taminlangani hamda havo makonidagi vaziyat barqarorlaşgani bilan boğliq ekanini bildirmoqda. Şu tariqa, xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar töliq tiklanib, sayohatçilar uçun qulayliklar yanada kengaydi.
Eslatib ötamiz, sönggi kunlarda ayrim hududlarda yuzaga kelgan vaziyat tufayli bir qator davlatlar havo hududini vaqtinça yopgan yoki çeklovlar joriy etgan edi. Endi esa BAAda aviaqatnovlar töliq qayta yölga qöyildi.