Germaniya AQŞ qöşinlarini olib çiqib ketişiga munosabat bildirdi
3-05-2026, 13:32
293 марта

Germaniya AQŞ qöşinlarini olib çiqib ketişiga munosabat bildirdi
Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius AQŞ Prezidenti Donald Trampning mamlakatdan 5 mingga yaqin amerikalik harbiyni olib çiqib ketiş haqidagi qaroriga munosabat bildirdi. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.Pistorius AQŞ Prezidentining uşbu qarorini kutilgan holat deb atagan.
“AQŞ öz qöşinlarini Yevropadan, jumladan, Germaniyadan olib çiqib ketişi kutilgan edi. Hozirda gap Germaniyada bölib turgan qariyb 40 ming nafar amerikalik harbiy xizmatçidan 5 mingtasi haqida bormoqda”, deydi u.Şunga qaramay, Germaniya AQŞ qöşinlarining Yevropada bölişi har ikki tomon manfaatlariga mos keladi deb hisoblaydi.
“Biz Ramşteyn, Grafenvyor, Frankfurt va boşqa joylarda yevropalik ittifoqçilar bilan birgalikda Yevropadagi tinçlik va xavfsizlik, Ukraina uçun hamda birgalikda tiyib turiş maqsadida amerikaliklar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz. Biroq AQŞ bu yerda Afrika va Yaqin Şarqdagi xavfsizlik manfaatlarini taminlaş kabi boşqa harbiy funktsiyalarni ham birlaştirgan”, deydi Pistorius.Naşrning yozişiça, yuz bergan voqea NATO “evropaçaroq” taşkilotga aylanişi kerakligini isbotlamoqda. Boris Pistoriusning fikriça, Şimoliy Atlantika alyansiga azo Yevropa davlatlari yuzaga kelgan şaroitda öz xavfsizligi uçun köproq masuliyatni öz zimmasiga olişi lozim.
“Armiyamiz kengaymoqda, biz innovatsiyalarga tayanib, köproq uskunalarni tezroq sotib olmoqdamiz va köproq infratuzilma barpo etmoqdamiz”, deya qöşimça qilgan u.