USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yaponiya Hormuz yopilganidan beri ilk bor Rossiya neftini sotib oldi

89 марта

Yaponiya Hormuz yopilganidan beri ilk bor Rossiya neftini sotib oldi

Manba: Facebook.com
Erondagi uruş global energiya taminotini izdan çiqarib, Hormuz böğozi yopilgaç, Yaponiya ilk bor Rossiyadan xom neft sotib oldi. Bu haqda mamlakat Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligiga tayanib The Moscow Times xabar berdi.

Yaponiya 2022 yilda Ukrainaga bosqin boşlangaç, Rossiya neftini sotib olişni deyarli töxtatgandi. Biroq mamlakat vaqti-vaqti bilan importni davom ettirdi, oxirgi marta 2025 yil yozda xarid amalga oşirilgandi.

Hozirda Hormuz böğozi yopilgani sababli jahon iqtisodiyoti qiyin ahvolga tuşib qolgan. Şu sababli Tokio hukumati muqobil energiya manbalarini qidirişga majbur bölmoqda. Mainiçi gazetasining yozişiça, Yaponiyaning Taiyo Oil neftni qayta işlaş kompaniyasi Rossiyaning Uzoq Şarqidagi Saxalin-2 loyihasi orqali yukni qabul qilişni rejalaştirmoqda.

Uşbu loyihaning aktsiyadori Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasidir. Şuningdek, Yaponiyaning Mitsui va Mitsubişi savdo uylari ham bunda ozçilik uluşiga ega. Xabarda aytilişiça, yuk Yaponiya ğarbidagi Ehime prefekturasida joylaşgan terminalga yetib kelişi kutilmoqda.

Saxalin-2 loyihasidan neft sotiş böyiça AQŞ tomonidan berilgan ruxsatnoma muddati iyun oyida tugaydi. Uşbu loyiha asosan suyultirilgan tabiiy gaz işlab çiqaradi.

Yaponiya Yaqin Şarqdan keladigan neft örnini qoplaş uçun boşqa çoralarni ham körmoqda. Xususan, blokadaga tuşgan Hormuz böğozini çetlab ötadigan AQŞ va boşqa eksportçi davlatlardan import hajmini oşirgan.

Yaponiya 2025 yilda öziga kerakli xom neftning 94 foizini Yaqin Şarqdan import qilgan. Mart oyida, AQŞ sanktsiyalarni yeçgani haqida qaror çiqargaç, Tokio Rossiya neftini sotib olişni körib çiqişini malum qilgandi.

Global taminotdagi uzilişlar fonida boşqa bir qator Osiyo davlatlari ham Rossiya neftini sotib olişni boşladi. Bular orasida Filippin, Indoneziya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar bor.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: