Putin Rossiya elitasi iştirokidagi suiqasd va töntarişdan xavotirda – razvedka
5-05-2026, 07:28
274 марта

Putin Rossiya elitasi iştirokidagi suiqasd va töntarişdan xavotirda – razvedka
Rossiya Prezidenti xavfsizligi uçun masul bölgan Federal qöriqlaş xizmati (FQX) Vladimir Putinning ehtimoliy suiqasddan xavotiri tufayli uni himoya qiliş çoralarini sezilarli darajada kuçaytirdi. Yevropa davlatlaridan birining razvedkasi şunday xulosaga kelgan. Bu haqda “Financial Times” tanişib çiqqan hisobotda keltirilgan.Qayd etilişiça, çoralarning bir qismi bevosita Prezidentning öziga tegişli. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
- Putin bir neça haftalab modernizatsiya qilingan bunkerlarda, xususan, Krasnodar ölkasida vaqt ötkazmoqda (Rossiya OAV esa uning faoliyati haqidagi hisobotlar uçun avvaldan tayyorlangan videomateriallardan foydalanişda davom etmoqda).
- Putin taşrif buyuradigan joylar röyxati keskin qisqartirilgan: na u, na uning oilasi endi Moskva viloyati va Valdaydagi qarorgohlarga bormayapti.
- 2026 yilda Putin biror marta harbiy obektlarga taşrif buyurmadi, vaholanki ötgan yili bunday safarlar muntazam edi.
Prezident bilan işlaydigan oşpazlar, tansoqçilari va fotograflarga jamoat transportidan foydalaniş taqiqlangan, Prezident Administratsiyasida esa ular ikki bosqiçli tekşiruvdan, jumladan, FQX körigidan ötadi.
Putinga yaqin işlaydigan xodimlarga faqat internetga ulaniş imkoni bölmagan telefonlardan foydalanişga ruxsat berilgan.
Xavfsizlikni kuçaytiriş çoralari FQX xodimlari tomonidan kinologlar iştirokida ötkazilayotgan keng kölamli tekşiruvlarni ham öz içiga oladi. Ular, şuningdek, dronlarning ehtimoliy hujumlariga javob qaytariş uçun Moskva daryosi böylab joylaştirilgan. Bundan taşqari, xavfsiraşlar tufayli Moskvaning ayrim tumanlarida aloqa tarmoqlari vaqti-vaqti bilan öçirib qöyilmoqda. Jurnalistlarning takidlaşiça, FQX Prezidentning maxfiy farmoniga tayangan holda, Putin iştirokidagi har qanday axborot yoki media materiallarini ham nazorat qiladi va muvofiqlaştiradi.
Bu çoralarning bir qismi Qurolli Kuçlar Boş ştabi tezkor tayyorgarlik boşqarmasi boşliği, general-leytenant Fanil Sarvarov öldirilganidan keyin joriy etilgan. 2025 yil dekabrida Sarvarovning avtomobili Moskvadagi uyi yaqinidagi töxtaş joyida portlatib yuborilgan edi. Yevropa razvedkasining takidlaşiça, uşbu qotillik muhokamasi kuçişlatar tuzilmalar vakillari örtasida nizo kelib çiqişiga sabab bölgan.
Hisobotda Vladimir Putin Sarvarov öldirilganidan uç kun ötib – 25 dekabrda çaqirgan yiğiliş tasvirlangan. Unda kuçişlatar tizimlar rahbarlari xavfsizlik tizimidagi kamçiliklar uçun javobgarlikni bir-birlariga yuklagan. Xususan, Boş ştab boşliği Valeriy Gerasimov FXX direktori Aleksandr Bortnikovni askarlar orasida qörquv va parokandalik keltirib çiqarayotgan hujumlardan himoyani taminlay olmaganlikda keskin tanqid qilgan. Bortnikov esa, öz navbatida, resurs va kadrlar yetişmasligidan şikoyat qilib, Mudofaa vazirini öz idorasi tarkibida oliy rahbarlarni jismoniy himoya qiliş bilan şuğullanuvçi maxsus bölinma yöqligida ayblagan. Munozarada Rosgvardiya direktori Viktor Zolotov ham qatnaşib, öz resurslarini Mudofaa vazirligi ofitserlarini himoya qilişga ajrata olmasligini takidlagan.
Yakunda Putin iştirokçilarni xotirjamlikka çaqirib, muhokama formatini özgartirişni taklif qilgan va bir hafta içida muammolarning aniq yeçimlarini taqdim etişni topşirgan. Yiğilişdan söng Putin FQX direktori Dmitriy Koçnev bilan uçraşgan va natijada kuçaytirilgan himoya ostidagi şaxslar röyxati kengaytirilgan: unga önta yuqori martabali general, jumladan, Boş ştab boşliğining uç nafar örinbosari kiritilgan.
Yevropa razvedkasi hisobotida qayd etilişiça, uşbu nizo Kremldagi içki va taşqi muammolar fonida ortib borayotgan kuçli keskinlikdan dalolat beradi.
Şuningdek, mart oyi boşidan beri Putin nozik malumotlar sizib çiqişi va fitna yoki töntarişga uriniş xavfidan xavotirda. Xususan, u Rossiya siyosiy elitasi tomonidan dronlar yordamida suiqasd qilinişidan qörqmoqda. Xavfsizlik kengaşi kotibi Sergey Şoygu esa “potentsial beqarorlaştiruvçi omil” sifatida körilmoqda – u oliy harbiy qömondonlikda hamon katta tasirga ega ekani aytiladi.
2026 yil mart oyi boşida Moskvada Şoyguning sobiq birinçi örinbosari Ruslan Tsalikov hibsga olingan. U jinoiy hamjamiyat tuziş, mablağlarni legallaştiriş va pora olişda gumonlanmoqda. Razvedka hisobotida bu hibs elitalar uçun berilgan yaşirin xavfsizlik kafolatlarining buzilişi sifatida baholangan, bu esa Şoyguning pozitsiyasini zaiflaştiradi va uning özi ham jinoiy taqibga uçraşi ehtimolini oşiradi. Biroq CNN qayd etişiça, hisobotda Şoyguga nisbatan davolar uçun dalillar keltirilmagan va bu kabi malumotlarning tabiati ularni tekşirişni qiyinlaştiradi.