KXDR xakerlari smartfonlarni virus bilan zararlaşni boşladi
6-05-2026, 21:56
44 марта

KXDR xakerlari smartfonlarni virus bilan zararlaşni boşladi
Şimoliy koreyalik xakerlar Android operatsion tizimida işlovçi smartfonlarga josuslik viruslarini yuqtirişni boşladi. Bu haqda “BleepingComputer” xabar berdi.Malumotlarga köra, APT37 (şuningdek, ScarCruft va Ricoçet Çollima nomlari bilan tanilgan) xakerlik guruhi öyin platformasi orqali taminot zanjiriga hujum qiliş doirasida BirdCall zararli dasturining Android versiyasini tarqata boşlagan. Ilgari uşbu “bekdor” (yaşirin kiriş yöli) faqat Windows tizimida işlatilgan bölsa, endilikda jinoyatçilar uni mobil qurilmalarga moslaştirib, tölaqonli josuslik vositasiga aylantirgan.
ESET kompaniyasi tadqiqotçilarining bildirişiça, BirdCall dasturining Android versiyasini işlab çiqiş taxminan 2024 yilning oktyabr oyida boşlangan va şundan beri virusning kamida yetti xil körinişi yaratilgan. Virus Android, iOS va Windows uçun öyinlar joylaştirilgan sqgame[.]net sayti orqali tarqatilgan, biroq hujumlar asosan Android va Windows qurilmalariga qaratilgan.
Android uçun möljallangan uşbu yangi zararli dasturlar zararlangan APK-fayllari orqali tarqaladi. U keng kölamli malumotlarni, jumladan:
- kontaktlar, qönğiroqlar tarixi va SMS-xabarlarni;
- qurilma haqidagi malumotlar, IP-adres, geolokatsiya va tarmoq parametrlarini töplaşga qodir.