NATOning sobiq boş kotibi AQŞsiz ittifoq tuzişni taklif qildi
12-05-2026, 17:07
120 марта

NATOning sobiq boş kotibi AQŞsiz ittifoq tuzişni taklif qildi
NATOning sobiq boş kotibi Anders Fog Rasmussen AQŞ iştirokisiz demokratik davlatlarning yangi birlaşmasini tuzişga çaqirdi. Uning bildirişiça, AQŞ Prezidenti Donald Tramp davrida Vaşington Ğarbning işonçli yetakçisi rolini yöqotgan. Bu haqda u “Presseportal”ga bergan intervyusida söz oçdi.Uning sözlariga köra, ittifoq G7 (Katta yettilik) analogi sifatida D7 nomini olişi mumkin, bu yerdagi “D” harfi “demokratiya”ni anglatadi. Uşbu birlaşmaga Yevropa Ittifoqi davlatlari, Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya, şuningdek, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreyani kiritiş taklif etilmoqda.
Anders Fog Rasmussen bunday birlaşma içida iştirokçilar örtasidagi tahdidlarga yöl qöyib bölmasligini takidlagan. U buni Grenlandiya atrofidagi bahslar fonida AQŞning Daniyaga nisbatan harakatlari bilan boğlagan va bunday siyosat demokratik mamlakatlar örtasidagi işonçga putur yetkazişini hamda avtokratiyalar manfaatiga xizmat qilişini qayd etgan.
NATO sobiq boş kotibining fikriça, hamkorlikning yangi formati demokratik davlatlarga ösib borayotgan geosiyosiy keskinlik şaroitida say-harakatlarni muvofiqlaştiriş va jahon sahnasidagi mavqeini mustahkamlaş imkonini beradi.