Zelenskiy Ukrainadagi pul yuviş işida iştirok etganmi?
13-05-2026, 10:05
60 марта

Zelenskiy Ukrainadagi pul yuviş işida iştirok etganmi?
Ukraina Milliy aksilkorruptsiya byurosi (MAKB) mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiyning pul yuviş bilan boğliq işda iştirok etgan-etmaganligi töğrisidagi savolga yakuniy javob berdi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.Bungaça Ukraina Prezidenti ofisining sobiq rahbari Andrey Yermak pul yuvişda gumon qilinayotgani haqida xabar berilgan edi. Bugun MAKB va IAKP (Ixtisoslaşgan aksilkorruptsiya prokuraturasi) tomonidan Yermakka qöyilgan ayblovlar yuzasidan brifing ötkazilgan.
Brifing davomida MAKB direktori Semen Krivonos Vladimir Zelenskiyning uşbu işda iştirok etgani haqidagi savolga javob bergan.
“Ukraina Prezidenti sudgaça bölgan tergov doirasida iştirok etmagan va iştirok etmayapti. Aybsizlik prezumptsiyasini buzmaslik uçun kompaniyalar nomlarini ayta olmayman. Biz mudofaa sohasidagi yönaliş haqida gapirgan edik, u MAKB doirasida tergov qilinmoqda. Dron işlab çiqaruvçilar va ayrim alohida işlab çiqaruvçilar tergov qilinmoqda”, deydi Krivonos.Krivonos, şuningdek, tergov turli yönalişlarda: energetika, mudofaa, jumladan, dron va qurol-yaroğ xaridi böyiça davom etayotganini aniqlaştirdi. Uning qöşimça qilişiça, tergov xalqaro hamkorlik doirasida köplab sörovlar yuborgan.