Velosipedda Makkaga ketayotgan özbekistonlik Qozoğistonda adaşib qoldi
14-05-2025, 02:00
193 марта
Bugun, 13 may kuni Makkaga haj safari uçun ketayotgan özbekistonlik erkak Qozoğistonning Manğistov viloyatida adaşib qoldi. Unga mahalliy politsiya xodimlari yordam bergan. Bu haqda Qozoğiston Içki işlar vazirligi xabar berdi.Vazirlik malumotiga köra, xizmat safari çoğida adliya mayori Indira Narimbetova va adliya kiçik leytenanti Marat Ozganov yöl çetida yordamga muhtoj, çarçagan va dovdirab turgan erkakni payqab qolgan.
Aniqlanişiça, erkak haj ibodatini ado etiş uçun Özbekistondan velosipedda Saudiya Arabistoniga yöl olgan. U joriy yilning 3 may kuni Buxorodan yölga çiqqan, minglab kilometr bosib ötgan va Manğistovga yetib borgan. Öşa yerda yölidan adaşib, qayerdaligini bilmay qolgan.
Indira Narimbetova va Marat Ozganov unga navigatsiya ilovalarini örnatişga yordam bergan, yölni tuşuntirgan hamda xavfsiz harakatlaniş böyiça maslahatlar bergan. Politsiya xodimlari, şuningdek, yöl xarajatlari uçun moliyaviy yordam körsatganini ham bildirgan. Erkakning özi esa xodimlarga mehribonlik va çin dildan körsatgan yordami uçun minnatdorlik bildirgan.