Afrika ikkiga bölinişi mumkin: yangi tektonik çegara izlari topildi
15-05-2026, 12:33
159 марта

Afrika ikkiga bölinişi mumkin: yangi tektonik çegara izlari topildi
Sahroi Kabirdan janubda joylaşgan Afrika qitasi kelajakda ikkiga bölinib ketişi mumkin. Olimlar ayni paytda Yer tarixidagi eng muhim geologik jarayonlardan biri – yangi tektonik plitalar çegarasi şakllanişining ilk bosqiçlarini kuzatayotganini aytmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.Tadqiqotlar Tanzaniyadan Namibiyagaça çözilgan 2500 kilometrdan ortiq uzunlikdagi Kafue yoriği atrofida olib borilmoqda. Bu hudud Yer qobiğida paydo bölgan katta yoriq bölib, tektonik harakatlar oqibatida qita asta-sekin çözilib, böliniş jarayoniga kirişi mumkin.
Mutaxassislar ilgari Kafue yoriğini faol hudud sifatida körmagan. Biroq sönggi ön yilliklarda kiçik zilzilalar, yerosti haroratining oşişi va suniy yöldoşlar qayd etgan yer sathidagi özgarişlar bu qaraşni şubha ostiga qöygan.
“Frontiers in Earth Science” jurnalida çop etilgan yangi tadqiqot bu fikrlarni yanada kuçaytirdi.
Tadqiqotçilar Zambiyadagi issiq buloqlar va geotermal quduqlardan olingan gaz namunalarini örganib, Yer mantiyasidan çiqadigan geliy-3 izlarini aniqlagan. Oksford universiteti tadqiqotçisi Ruta Karolytening aytişiça, bu signal çuqur geologik jarayonlar faollaşayotganidan dalolat beradi.
“Biz qobiqda odatda uçramaydigan darajada köp geliy-3 aniqladik. Bu mantiyadan moddalarning yuqoriga çiqayotganini körsatadi”, deydi u.