Dunyodagi eng köp suv içayotgan davlatlar malum böldi
16-05-2026, 16:40
484 марта

Dunyodagi eng köp suv içayotgan davlatlar malum böldi
Markaziy Osiyo mamlakatlari aholi jon boşiga suv istemoli böyiça jahon reytingining birinçi öntaligidan joy oldi. Röyxatda Turkmaniston yetakçilik qilmoqda, Özbekiston esa mintaqa davlatlari orasida uçinçi örinni egalladi. Bu haqda “Worldometer” portalining suvdan foydalaniş global indeksida keltirilgan.Unga köra, mintaqada yillik suv istemolining umumiy hajmi böyiça Özbekiston 54,56 milliard kubometr körsatkiç bilan yetakçilik qilmoqda.
Keyingi örinlarda:
- Turkmaniston: 27,9 milliard kubometr;
- Qozoğiston: 22,77 milliard kubometr;
- Tojikiston: 11,49 milliard kubometr.
Aholi jon boşiga örtaça kunlik istemol nuqtai nazaridan Turkmaniston mutlaq jahon yetakçisiga aylandi – u yerda bir kişiga kuniga 15 445 litr suv töğri keladi. Suv resurslaridan eng köp foydalanuvçi davlatlar öntaligiga, şuningdek, Çili (5880 litr) va Gayana (5284 litr) ham kirgan. Ulardan keyingi örinlarni quyidagi davlatlar egallagan:
- Özbekiston: 4778 litr;
- Tojikiston: 4460 litr;
- Qirğiziston: 4153 litr.
Suvdan foydalanişda eng tejamkor darajani Afrika davlatlari, xususan, Kongo Demokratik Respublikasi körsatmoqda – u yerda bir kişi kuniga atigi 32 litr suv sarflaydi. Uşbu vaziyat fonida Özbekistonda suvning maqsadsiz sarflanişiga qarşi kuraşiş va kanallarni modernizatsiya qiliş böyiça davlat dasturlari faollaştirilgan.