USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yerda topilgan özga sayyoraliklar haqidagi tafsilotlar oçiqlandi

859 марта

Yerda topilgan özga sayyoraliklar haqidagi tafsilotlar oçiqlandi

AQŞ nomalum uçuvçi jismlar halokatga uçraganidan keyin özga sayyoraliklarning törtta turini topganini davo qilmoqda. Bu haqda “New York Post” gazetasi Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) tomonidan moliyalaştirilgan dasturlarning sobiq tadqiqotçisi, doktor Xel Putxoffga tayanib xabar berdi.


Qayd etilişiça, uşbu bayonot “The Diary of a CEO” podkastida yangragan. Unda Putxoff “Age of Disclosure” filmi rejissyori Den Farra bilan birga iştirok etgan. 89 yoşli olimning sözlariga köra, halokatlardan keyin obektlarni olib çiqiş operatsiyalarida qatnaşgan odamlar kamida törtta alohida turdagi mavjudotlar haqida gapirib bergan. Şu bilan birga, u uşbu materiallardan şaxsan özi töğridan töğri foydalaniş imkoniga ega bölmaganini, ammo özi suhbatlaşgan manbalarga işonişini qayd etgan.

Putxoff AQŞ hukumati aynan qaysi turdagi özga sayyoraliklarni “topganiga” aniqlik kiritmagan. Biroq uning uzoq yillik hamkasbi va AAWSAP dasturining sobiq xodimi doktor Erika Devisning aytişiça, gap “kulranglar”, “nordiklar”, “haşarotsimonlar” va “reptiloidlar” haqida bormoqda.

Devisning sözlariga köra, bu mavjudotlarning barçasi gumanoid körinişga ega, ikkita qöli va ikkita oyoği bor. U bu borada razvedka malumotlariga tayangan. Tadqiqotçi ayolning takidlaşiça, reptiloidlar va nordiklarning böyi taxminan olti futga — qariyb 183 santimetrga yetadi. Bu haqda u 2025 yilda kongressmenlar Nensi Meys, Anna Paulina Luna va Erik Berlison iştirok etgan “UAP Disclosure Fund” yiğilişida gapirib bergan.

Muayyan nazariyalar tarafdorlarining tariflaşiça, nordiklar kelib çiqişi özga sayyoralik bölişiga qaramay, deyarli Şimoliy Yevropa aholisiga öxşab ketadi. Reptiloidlar esa tik yuradigan, odamnikidek qöl-oyoqlari va uzun dumi bor, tanasi tangaçalar bilan qoplangan mavjudotlar sifatida tasvirlanadi. “Kulranglar” — özga sayyoraliklar haqidagi köplab filmlar, jumladan, “Uçinçi darajali yaqin uçraşuvlar” filmi orqali taniş bölgan, katta közli, kiçkina, soçsiz mavjudotlardir.

AQŞ Harbiy-havo kuçlari razvedkasining sobiq xodimi va nomalum anomal hodisalar böyiça işçi guruh azosi Devid Graş 2023 yilda Kongressda qasamyod ostida bayonot berib, AQŞ ixtiyorida önlab nomalum uçar jismlar halokatlaridan keyin topilgan “insoniyatga tegişli bölmagan biologik materiallar” mavjudligini aytgan. Qöşma Ştatlar nomalum uçar jismlar halokatlaridan keyin özga sayyoraliklar hayotining törtta turli turini topganlikda gumon qilinmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: