Bangkokdagi fojiada özbekistonliklar jabrlandimi?
18-05-2026, 20:41
45 марта

Bangkokdagi fojiada özbekistonliklar jabrlandimi?
Joriy yilning 16 may kuni Tailand poytaxti Bangkokda yuk poyezdi yölovçi taşuvçi avtobus bilan töqnaşib ketgan edi. Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Taşqi işlar vazirligi rasmiy munosabat bildirib, jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari yöqligini malum qildi.
Bildirilişiça, Bangkok şahrida yuk poyezdi va yölovçi avtobusi töqnaşuvi oqibatida 8 kişi halok bölgan, 33 nafar jabrlanganlarga tibbiy yordam körsatilgan. 17 may holatiga köra, jarohat olganlarning 15 nafariga şifoxonadan javob berilgan, 18 nafari davolanmoqda. Hozirça halok bölganlardan 2 nafari Tailand fuqarosi ekani aniqlangan.
Bangkokdagi Police General Hospital sud-tibbiy ekspertiza bölimi malumotiga köra, jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari mavjud emas. Mazkur holat Özbekistonning Tailanddagi konsullik muassasasi tomonidan doimiy nazoratga olingan.