Bangladeşda qizamiqdan 459 bola öldi
19-05-2026, 11:42
55 марта

Bangladeşda qizamiqdan 459 bola öldi
Bangladeşda qizamiq kasalligi keskin tarqalib ketdi. Joriy yilning mart oyi örtalaridan buyon kasallik oqibatida 459 nafar bola vafot etgan. Bu haqda “Daijiworld Media” xabar berdi.Keça, 18 may kuni yana olti nafar bolaning ölimi qayd etilgan. Ulardan birining ölimi rasman qizamiq bilan boğlangani tasdiqlangan, qolgan beş holat esa kasallik bilan boğliq bölişi mumkinligi aytilmoqda.
Mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi malumotiga köra, Bangladeşda qizamiqdan ölimning 75 ta laboratoriya tasdiqlagan holati va 384 ta gumon qilinayotgan holat qayd etilgan.
Bir sutkada qizamiq bilan kasallanişning tasdiqlangan 240 ta yangi holati aniqlanib, jami bemorlar soni 7,7 mingga yetgan. Gumon qilinayotgan yangi yuqtiriş holatlari esa 1274 taga köpayib, umumiy son qariyb 58 mingni taşkil qilgan.
Mart oyidan beri mamlakat böylab şifoxonalarga qizamiq alomatlari bilan 42 mingdan ortiq bemor yotqizilgan. Rasmiylarga köra, ularning aksariyati davolanib çiqarilgan.
Poytaxt Dakkadagi epidemiologik vaziyat vaktsina xarididagi uzilişlar uçun masullarni jazolaş talabi bilan ötayotgan namoyişlar fonida yanada murakkablaşmoqda.