USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

JSST Özbekistonni qizamiqdan xoli mamlakatlar röyxatidan çiqardi

206 марта

JSST Özbekistonni qizamiqdan xoli mamlakatlar röyxatidan çiqardi

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) sönggi bir neça yil içida kasallaniş holatlarining köpaygani sababli Özbekistonni qizamiqdan xoli mamlakat maqomidan mahrum qildi. Xuddi şunday qaror yana beş davlat – Ozarbayjon, Avstriya, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Armanistonga nisbatan ham qabul qilingan. Bu haqda JSSTga tayanib, “Euronews” xabar berdi.

Xalqaro taşkilot mutaxassislarining aniqlik kiritişiça, yuqorida tilga olingan mamlakatlarda 2024 yilda qizamiq avj olgan. Qoidalarga köra, agar virus yana paydo bölsa va uning uzluksiz tarqalişi bir yildan ortiq davom etsa, davlat uşbu maqomni yöqotadi.

Mutaxassislar kasallikning keskin köpayişiga asosiy sabab sifatida ommaviy emlaşdagi böşliqlarni körsatmoqda. Şu tufayli, ayniqsa voyaga yetmaganlar orasida immunitet pasaymoqda. Qizamiqdan xoli mamlakatlar röyxatidan çiqarilgan davlatlarda eng köp kasallaniş holatlari 10 yoşgaça bölgan bolalar orasida qayd etilayotgani takidlanadi.

JSST şuningdek, virus Yevropa va Markaziy Osiyoning köplab hududlarida keng tarqalayotganini urğulaydi. Xususan, Ruminiyada vaziyat keskin yomonlaşgani qayd etilmoqda. Salbiy statistikaga ega mamlakatlar qatoriga Gruziya, Rossiya, Ukraina, Turkiya, Frantsiya, Germaniya, Polşa va boşqalar ham kiritilgan. Markaziy Osiyo respublikalari orasida Qozoğiston va Qirğiziston ham tilga olinmoqda.

JSST kasallaniş holatlarining aksariyati emlanmaganlar hissasiga töğri kelayotganini inobatga olib, qizamiqqa qarşi emlaşning ikki dozasi bilan qamrovni aholining kamida 95 foizi darajasida taminlaşni qatiy tavsiya etmoqda.

Endilikda Özbekiston qizamiqdan xoli mamlakatlar röyxatiga qaytişi uçun uç yil davomida virusning aylanişi butunlay yöqligini taminlaşi va epidemiologik nazoratni sezilarli darajada kuçaytirişi lozim.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: