USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Eski döstlar”. Putin va Si Pekinda nimalarni gaplaşdi?

142 марта

“Eski döstlar”. Putin va Si Pekinda nimalarni gaplaşdi?

Bugun, 20 may kuni Pekinda Xitoy Raisi Si Tszinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin örtasida muzokaralar bölib ötdi. Muzokaralarning birinçi qismi Tyananmen maydonidagi Xalq yiğinlari saroyida tor doirada ötkazildi va taxminan bir yarim soat davom etdi. Bu haqda Kreml xabar berdi.
“Janob Prezident Putin, eski döstim, sizni Xitoydagi rasmiy taşrifingiz bilan qutlayman. Uzoq yillar davomida biz siz bilan yaqin aloqalarni saqlab kelmoqdamiz, birgalikda yangi davrda Xitoy–Rossiya munosabatlari, keng qamrovli şeriklik va strategik hamkorlikni mustahkamlaş hamda samarali rivojlantiriş yönalişlarini belgilab kelyapmiz”, deydi Si Tszinpin öz nutqining avvalida.
Xitoy rahbarining takidlaşiça, ikki davlat örtasidagi munosabatlar özaro hurmat, adolat va manfaatli hamkorlik asosida qurilmoqda va bu murakkab dunyoda barqarorlik hamda uzviylikni taminlamoqda. Uning eslatişiça, 2026 yilda Xitoy va Rossiya örtasidagi şeriklik va strategik hamkorlik örnatilganiga 30 yil, “Qöşniçilik, döstlik va hamkorlik töğrisida”gi şartnoma imzolanganiga esa 25 yil töladi.
“Xitoy–Rossiya munosabatlari bosqiçma-bosqiç bugungi yuqori darajaga çiqdi. Bu siyosiy özaro işonçni çuqurlaştiriş, strategik hamkorlikni mustahkamlaş, keng kölamli hamkorlikni rivojlantiriş va xalqaro adolatni himoya qiliş yölidagi qatiy iroda tufayli amalga oşdi”, deb aytgan Si.
Uning sözlariga köra, xalqaro vaziyat murakkablaşib, bir tomonlama yondaşuv va ustunlikka intiliş kuçaygan bölsa-da, tinçlik va hamkorlikka intiliş xalqlarning asosiy xohişi bölib qolgan. Si Tszinpin Xitoy va Rossiya Birlaşgan Millatlar Taşkilotining doimiy azolari sifatida yanada adolatli va oqilona global boşqaruv tizimini barpo etişi kerakligini takidlagan.


Putin esa nutqini xitoy maqoli bilan boşlagan.
“Bir kun körişmasang, göyo uç kuz ötgandek böladi. Biz haqiqatan ham sizni körganimizdan juda xursandmiz. Biz doim bir-birimiz bilan aloqada bölib turamiz – şaxsan ham, yordamçilarimiz orqali ham. Ötgan yili şu yerda Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 80 yilligini birgalikda nişonlaganimiz yaxşi esimizda”, deydi Rossiya Prezidenti.
Putin ham “Qöşniçilik, döstlik va hamkorlik şartnomasi”ning 25 yilligini tilga olgan va Rossiya hamda Xitoy munosabatlari “misli körilmagan darajada yuqori bosqiçga” çiqqanini aytgan.
“Bejiz delegatsiyamizning asosiy qismini Rossiya hukumati azolari, biznes rahbarlari va jamoatçilik hamda talim taşkilotlari vakillari taşkil etmayapti”, deb takidlagan u.
Rossiya Prezidenti tor doiradagi muzokaralarda iqtisodiy mavzular muhokama qilinişini bildirgan. Uning aytişiça, 25 yil içida Rossiya va Xitoy örtasidagi savdo aylanmasi 30 baravardan ziyod ösgan va bir neça yildan beri 200 milliard dollardan oşib kelmoqda. Putinga köra, hamkorlikning asosiy harakatlantiruvçi kuçi energetika sohasi bölib qolmoqda.
“Yaqin Şarqdagi inqiroz şaroitida Rossiya hali ham işonçli resurs yetkazib beruvçi, Xitoy esa uşbu resurslarning masuliyatli istemolçisi bölib qolmoqda”, degan Putin.
Rossiya yetakçisi sanoat, qişloq xöjaligi, transport va yuqori texnologiyalar sohasidagi qöşma loyihalarni ustuvor vazifalar qatoriga kiritgan. Şuningdek, u turizm sohasi va 2025 yilda joriy etilgan özaro vizasiz tartibni alohida takidlab, bu amaliyot davom ettirilişini aytgan.

Putin ham Si Tszinpin kabi Rossiya va Xitoy taşqi siyosiy hamkorligini dunyodagi asosiy barqarorlaştiruvçi omillardan biri deb atagan. Uning fikriça, köp markazli dunyo şakllanişi jarayonida Moskva va Pekin madaniy va tsivilizatsion xilma-xillikni hamda davlatlarning mustaqil rivojlaniş huquqini himoya qilmoqda.
Si Tszinpin murakkab xalqaro vaziyat şaroitida Xitoy va Rossiya tenglik hamda özaro hurmat tamoyillari asosida keng qamrovli şeriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini rivojlantirayotganini bildirgan. U siyosiy özaro işonçning çuqurlaşişi, savdo, iqtisodiyot, sarmoya, energetika, fan va texnika sohalarida hamkorlik kuçayganini takidlagan.
“Mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlar yanada samarali va tez rivojlanişning yangi bosqiçiga çiqdi. Xitoy–Rossiya munosabatlarini uzoq muddatli, barqaror va yuqori sifatli rivojlantiriş – bu men va Prezident Putin tomonidan ikki mamlakat manfaatlari hamda global taraqqiyot yönalişlaridan kelib çiqqan holda qabul qilingan strategik tanlovdir”, – deb aytgan Si öz nutqida.
Xitoy rahbari tomonlar “Qöşniçilik, döstlik va hamkorlik töğrisida”gi şartnomani uzaytirişni maqullaganini hamda erişilgan kelişuvlarni töliq amalga oşiriş niyatida ekanini aytgan.
Putin Si Tszinpinga va “barça xitoylik döstlarga” taklif hamda mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirgan. Uning sözlariga köra, avvalgi tor doiradagi muzokaralar mazmunli va ananaviy döstona ruhda ötgan. Prezident Rossiya va Xitoy örtasidagi keng qamrovli şeriklik hamda strategik hamkorlikni zamonaviy dunyoda davlatlararo munosabatlarning namunasi deb atagan.
“Qöşniçilik, döstlik va hamkorlik töğrisidagi asosiy şartnoma imzolanganidan buyon ötgan 25 yil içida Rossiya–Xitoy hamkorligi sezilarli darajada kengaydi”, degan Rossiya rahbari.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: