Rossiya Qirğiziston bilan havo mudofaasi ittifoqini saqlab qolmoqçi
20-05-2026, 16:42
86 марта

Rossiya Qirğiziston bilan havo mudofaasi ittifoqini saqlab qolmoqçi
Rossiya Qirğiziston bilan yagona mintaqaviy havo mudofaasi tizimi böyiça hamkorlikni davom ettiriş niyatida ekanini bildirdi. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Galuzin “Izvestiya” naşriga bergan intervyusida aytdi.Rossiya va Qirğiziston örtasidagi mazkur kelişuv 2023 yilda kuçga kirgan. Kelişuv doirasida Qirğiziston Çuy viloyatida, Kant aviabazasi yaqinidan Rossiya havo mudofaasi uskunalarini joylaştiriş uçun yer ajratgan. Respublikada Rossiyaning S-300 zenit-raketa tizimlari ham joylaştirilgan.
“Rossiya Federatsiyasi va Qirğiziston Respublikasi örtasida 2022 yil 16 avgustda imzolangan qöşma mintaqaviy havo mudofaasi tizimini yaratiş töğrisidagi bitim beş yil muddatga amal qiladi va agar tomonlardan biri ikkinçi tomonga çiqiş niyati haqida xabar bermasa, keyingi beş yillik muddat avtomatik ravişda uzaytiriladi. Uşbu bitim ham Rossiya, ham Qirğiziston xavfsizligiga hissa qöşganligi sababli, biz bugun uni bekor qiliş uçun heç qanday sabab körmayapmiz”, dedi Mixail Galuzin.