USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Kuba sobiq prezidenti Raul Kastroga nisbatan ayblov elon qildi

138 марта

AQŞ Kuba sobiq prezidenti Raul Kastroga nisbatan ayblov elon qildi

Manba: NBC News
Kuba sobiq prezidenti Raul Kastro va yana beş kişiga AQŞning Florida ştatidagi katta hakamlar hayati tomonidan ayblov elon qilindi. Ular bundan 30 yil avval Kuba harbiylari tomonidan ikkita samolyotning urib tuşirilişi va odamlar ölimiga sabab bölişda ayblanmoqda. Bu haqda AQŞ Adliya vazirligiga tayanib CBS News xabar berdi.

Hozirda 94 yoşda bölgan Raul Kastro marhum Fidel Kastroning ukasidir. U Kubadagi eng nufuzli şaxslardan biri hisoblanadi. Unga nisbatan elon qilingan uşbu jinoiy ayblovlar Tramp mamuriyatining Kuba hukumatiga bosim ötkaziş kampaniyasi yanada kuçayganidan dalolat beradi. Kastro 2008 yildan 2018 yilgaça Kuba prezidenti bölgan. Şuningdek, 2011 yildan 2021 yilgaça mamlakat Kommunistik partiyasining oliy rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.


20 may kuni elon qilingan sud hujjatlariga köra, Kastro Mayami sudida AQŞ fuqarolarini öldiriş uçun til biriktiriş, törtta qotillik va ikkita samolyotni yöq qiliş moddalari böyiça ayblangan. Ayblov xulosasining aniq matni hali töliq malum emas. Sudya Kastroga nisbatan oçilgan ayblov xulosasini sir saqlaş tartibini bekor qiliş haqidagi iltimosnomani qanoatlantirdi. Biroq ayblov hujjatining özi hali jamoatçilikka oçiqlanmadi.
Boşqa ayblanuvçilar orasida qiruvçi samolyot uçuvçisi ham bor. Unga nisbatan dastlabki ayblov 1996 yilgi voqeadan keyin, yani yigirma yildan köproq vaqt oldin elon qilingan edi.
“Deyarli 30 yildan beri öldirilgan tört nafar amerikalikning oilasi adolatni kutdi. Qöşma Ştatlar va prezident Tramp öz fuqarolarini heç qaçon unutmaydi va unutgan ham emas”, dedi AQŞ boş prokurori vazifasini bajaruvçi Todd Blanş.
Kastroning sud qilinişi yoki qilinmasligi hozirça nomalum. Çunki Kuba öz fuqarolarini AQŞga topşirmaydi. Venesuela sobiq prezidenti Nikolas Maduro ham 2020 yilda narkotik moddalar savdosida ayblangan edi. 

U 2026 yilning boşida AQŞ kuçlari tomonidan qölga olindi va sud qiliş uçun Nyu Yorkka olib ketildi. Uşbu operatsiya natijasida Venesuelada muvaqqat prezident Delis Rodriges hokimiyatga keldi. Rodriges ayni paytda AQŞ bilan yaqin hamkorlik qilmoqda.

“Qutqaruvçi birodarlar” samolyotlarining urib tuşirilişi
Kastroga qöyilgan ayblovlar 1996 yilda sodir bölgan voqeaga borib taqaladi. Öşanda Kubaning MiG-29 qiruvçi samolyoti “Qutqaruvçi birodarlar” (Brothers to the Rescue) taşkilotiga tegişli ikkita Cessna samolyotini urib tuşirgan edi.
 
Bu taşkilot surgundagi kubaliklar guruhi oroldan sollarda qoçib ketmoqçi bölgan fuqarolarni qidiriş bilan şuğullangan. Samolyotlar bortidagi tört kişi halok bölgan. Ulardan uç nafari AQŞ fuqarosi, bir nafari esa Qöşma Ştatlarda yaşaş huquqini beruvçi “grin karta” egasi edi.

BMTning Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti bu iş yuzasidan tekşiruv ötkazgan. Taşkilot samolyotlar urib tuşirilgan vaqtda Kuba havo hududidan taşqarida bölganini aniqladi. Kuba esa buni inkor etadi. Şuningdek, taşkilot Kuba hukumati samolyotlar bilan aloqa örnatişga, ularni radio orqali ogohlantirişga yoki hududdan olib çiqib ketişga umuman urinmaganini malum qildi.

Voqea xalqaro miqyosda katta norozilikka sabab böldi. “Amerika davlatlari taşkiloti” Kuba xalqaro huquqni buzganini davo qildi. Öşa paytdagi AQŞ prezidenti Bill Klinton voqeani keskin qoraladi. Kongress esa bunga javoban Kubaga qarşi sanktsiyalarni yanada kuçaytirdi.

Kuba hukumati öz aybini rad etdi va samolyotlar Kuba havo hududiga kirganini takidladi. Kuba “Qutqaruvçi birodarlar” guruhini varaqa taşlaş uçun havo sarhadlarini qayta-qayta buzganlikda aybladi. Şuningdek, guruh Kuba infratuzilmasiga qarşi sabotaj (buzğunçilik) rejalaştirganini davo qildi.
Samolyotlar urib tuşirilgan vaqtda Raul Kastro mamlakat mudofaa vaziri edi. 1996 yilda CBS Evening News boşlovçisi Den Razerga bergan intervyusida öşa paytdagi Kuba prezidenti Fidel Kastro samolyotlarning mamlakat hududiga kirişini töxtatiş böyiça umumiy buyruqlar berganini tan olgan edi.
Bundan ön yillar avval AQŞda bir kişi uşbu voqea böyiça qotillik uçun til biriktirişda aybdor deb topilgan. Federal prokurorlar u “Qutqaruvçi birodarlar” haqidagi malumotlarni Kuba razvedkasiga yetkaziş bilan şuğullangan ayğoqçilar tarmoği azosi bölganini isbotlagan.

U umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Biroq 2014 yilda mahbuslarni almaştiriş dasturi doirasida Kubaga qaytarib yuborildi. Şuningdek, 2003 yilda uşbu voqea yuzasidan Kuba Harbiy-havo kuçlari rahbari va ikki nafar qiruvçi samolyot uçuvçisiga ham ayblov elon qilingan.

Kuba—AQŞ munosabatlarini nimalar kutyapti?
Endilikda Raul Kastroning ayblanişi bilan prokurorlar Kubada juda uzoq vaqt yuqori lavozimlarni egallagan şaxsga qarşi çora körmoqda. Uning akasi Fidel 1959 yilda Kubadagi AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlangan rahbarini ağdargan edi. Raul 2011 yilda akasining örniga Kommunistik partiya rahbari böldi. Oradan ön yil ötib u bu lavozimni tark etdi. Şunga qaramay, u mamlakatda öz tasirini saqlab qolgan. Uning köpinça “Raulito” deb ataladigan nabirasi hozirda AQŞ rasmiylari bilan aloqa örnatişda muhim şaxs hisoblanadi.
Uşbu ayblov AQŞ va Kuba örtasidagi bir neça oylik keskinlikdan keyin paydo böldi. Tramp mamuriyati Kubaga neft taşiydigan har qanday davlatga qarşi yuqori boj xarajatlari joriy etiş bilan tahdid qildi. Buning oqibatida orolda energiya tanqisligi va elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga keldi.

Tramp harbiy harakatlar variantini ham istisno qilmadi. U bir neça bor Kubani “döstona tarzda qölga kiritiş” tarafdori ekanini aytdi. Şuningdek, u AQŞning Eron bilan uruşidan keyin navbatdagi mamlakat Kuba bölişi mumkinligini bildirdi. Biroq Tramp muzokaralarga tayyorligiga ham şama qildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: