AQŞ 10 yil içida ilk bor Kuba bilan maxfiy muzokara ötkazdi
18-04-2026, 19:02
43 марта

AQŞ 10 yil içida ilk bor Kuba bilan maxfiy muzokara ötkazdi
Keça, 17 aprel kuni AQŞ Davlat departamenti delegatsiyasi Kuba rasmiylari bilan muzokaralar ötkaziş uçun 10 yil içida ilk bor Gavanaga taşrif buyurdi. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “Axios” xabar berdi.Diplomatik idora yuqori lavozimli mulozimining sözlariga köra, bir neçta uçraşuvlar bölib ötgan, jumladan, respublikada siyosiy tasirini saqlab qolayotgan sobiq prezident Raul Kastroning nabirasi Raul Gilermo Rodriges Kastro bilan ham muzokaralar ötkazilgan.
Amerikaliklar “Kuba iqtisodiyoti erkin qulaşi jarayonida” ekanini bayon qilib, orol rahbariyatini vaziyat “orqaga qaytarib bölmaydigan darajada yomonlaşişidan oldin” AQŞ kömagida demokratik va iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş uçun çeklangan “imkoniyatlar darçasi”dan foydalanişga çaqirgan.
Davlat departamenti vakillari, şuningdek, siyosiy mahbuslarni ozod qilişni hamda 1959 yilgi inqilobdan keyin aktivlari va mol-mulklari musodara qilingan AQŞ fuqarolari va korporatsiyalariga tovon puli tölaşni talab qilgan. Şu bilan birga, mulozimlar “xorijiy razvedka, harbiy va terrorçi guruhlar AQŞ hududidan yuz mildan kamroq masofada Kuba hukumatining ruxsati bilan faoliyat yuritayotganidan xavotir” bildirgan.
Uşbu talablar bajarilişi evaziga amerikaliklar savdo embargosini bekor qilişni muhokama qiliş va Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegişli Starlink suniy yöldoş aloqasidan foydalaniş imkoniyatini berişni taklif qilgan.