Kubani ham bosib olamiz – Tramp
2-05-2026, 09:27
167 марта

Kubani ham bosib olamiz – Tramp
AQŞ Qurolli kuçlari Eron bilan boğliq vazifalardan qaytgaç, Kuba ustidan nazorat örnatiladi. Bu haqda keça, 1 may kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Florida ştatidagi tadbirda aytib ötdi.Uning iddao qilişiça, Kuba içida muammolar mavjud va ularni hal qiliş uçun AQŞ “kubaliklarga qölidan kelgança yordam beradi”.
“Eron yölidan qaytişda bizning katta kemalarimizdan biri ehtimol dunyodagi eng katta aviataşuvçi USS Abraham Lincoln qirğoqdan taxminan 100 yard (taxminan 90 metr) uzoqlikda töxtaydi. Kuba hukumati esa: “Katta rahmat, biz taslim böldik”, deyişadi”, degan AQŞ yetakçisi.
Tramp bu sözlarni aytayotganida u hazil ohangida gapirayotgandek taassurot uyğongan, auditoriya ham kulgan.
AQŞ Prezidenti sönggi oylarda muntazam ravişda Kuba hukumati ustidan turli çoralar körişi mumkinligini aytib kelmoqda.
Trampning bu bayonotlari AQŞ Kubaga qarşi sanktsiyalarni kengaytirgan farmonni imzolaganidan keyin yangradi.
Oq uy elon qilgan farmonda Vaşington “Kubani AQŞ milliy xavfsizligi va taşqi siyosati uçun jiddiy tahdid” deb hisoblaşda davom etişi qayd etilgan.