Rossiyada bankomat va tölov terminallarining internetsiz işlaş mexanizmi işlab çiqildi
22-05-2026, 20:05
74 марта

Rossiyada bankomat va tölov terminallarining internetsiz işlaş mexanizmi işlab çiqildi
“Raqamli rivojlaniş vazirligi bilan doimiy aloqadamiz. Bizga barça tomonlarni qöllab-quvvatlaydigan yeçimlar kerak. Yaxşi yangilik bor: Raqamli rivojlaniş vazirligi aloqa operatorlari bilan birgalikda mobil internet öçirilgan taqdirda ham, bankomatlar va tölov terminallarining işlaşiga imkon beruvçi texnik yeçimlarni işlab çiqdi. Öylaymanki, bu muammoning katta qismini hal qiladi”, dedi Nabiullina.U, şuningdek, Markaziy bank va Raqamli rivojlaniş vazirligi Rossiyaning barça banklarini “oq röyxat”ga kiritiş imkoniyatini muhokama qilayotganini aytdi.
“Barça litsenziyalangan kredit taşkilotlarining uşbu ‘oq röyxat’ga kiritilişi ideal va töğri holatdir. Bu uzluksizlikni kafolatlaydi. Biror taşkilot röyxatga kiritilmasa, u muayyan imkoniyatlarni yöqotadi. Bu, albatta, yoqimsiz holat. Ammo biz texnologiyaning mavjud çeklovlarini ham tuşunamiz”, dedi u.Nabiullinaga köra, Markaziy bank hozirça barça banklarni uşbu röyxatga ulay olmaydi. Şu sababli jarayon bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Birinçi bosqiçga, tabiiyki, yirik, tizimli ahamiyatga ega va öta muhim xizmatlar kiritiladi.
“Bu nafaqat banklarga, balki suğurtaçilarga ham tegişli. Jarayon aniq tuşunarli bölişi uçun hozirda mezonlarni körib, işlab çiqyapmiz. Şu bilan birga, biz bunday bosqiçma-bosqiç yondaşuvning kamçiliklarini ham tuşunamiz”, deya xulosa qildi u.“Oq röyxat”ga qaysi xizmatlar kiradi?
“Oq röyxat”ga kiritilgan xizmatlar mobil internet çeklangan davrda ham foydalanuvçilar uçun oçiqligiça qoladi. Ularga davlat xizmatlari, banklar, transport xizmatlari, Rossiya qidiruv tizimlari va marketpleyslar (savdo maydonçalari) kiradi.
Hozirgaça Rossiyaning faqat beşta banki oq röyxatga kiritilgan. Bular: “VTB”, “Alfa-Bank”, “PSB”, “MTS Bank” va “Gazprombank”. Markaziy bank malumotlariga köra, Rossiyada jami 305 ta bank faoliyat körsatmoqda.
Mart oyida Nabiullina faqat bir neçta bankning “oq röyxat”ga kiritilişini adolatli raqobatning buzilişi deb atagan edi. Markaziy bank fikriça, barça litsenziyalangan banklar uşbu röyxatdan joy olişi kerak.