Eron AQŞning 1 mlrd dollarlik dronlarini yöq qildi
23-05-2026, 11:32
175 марта

Eron AQŞning 1 mlrd dollarlik dronlarini yöq qildi
AQŞ Eron bilan boşlangan uruşdan beri MQ-9 Reaper turidagi razvedka va zarba beruvçi dronlarining 20 foizigaça qismini yöqotgan. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.Malumotlarga köra, uruş boşlanganidan buyon AQŞ kamida 24 ta, ehtimol 30 tagaça MQ-9 dronidan ayrilgan. Bunga urib tuşirilgan hamda şikastlaniş sababli xizmatdan çiqarilgan apparatlar ham kiradi.
Har bir MQ-9 Reaper droni taxminan 30 million dollar turadi, şu sababli umumiy zarar maksimal hisobda 1 milliard dollarga yaqinlaşadi.
MQ-9 Reaper – razvedka va kuzatuv uçun işlatiladigan, şuningdek raketa va boşqariladigan bomba olib yurişga qodir dron hisoblanadi.
Xabarda aytilişiça, AQŞda bu model endi töliq işlab çiqarilmaydi, faqat ayrim modernizatsiya qilingan variantlar mavjud. Uning örniga kam miqdorda «Avenger» dronlari işlab çiqarilgan.
MQ-9 Reaper avval Iroq, Afğoniston, Afrika, Yaqin Şarq va hatto Qora dengiz hududida ham keng qöllanilgan. U 2020 yilda Eron generali Qosim Sulaymoniyni yöq qiliş operatsiyasida ham işlatilgan.