USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kreml Ukrainadagi uruş “tupik”ka kirib qolganidan xavotirda – OAV

239 марта

Kreml Ukrainadagi uruş “tupik”ka kirib qolganidan xavotirda – OAV

Frontda muvaffaqiyatlarning yöqligi, ortib borayotgan talofatlar, Ukraina dronlarining tobora muvaffaqiyatli tus olayotgan hujumlari va maxsus xizmatlar talabi bilan internetning tez-tez öçirib qöyilişi hamrohligida keçayotgan iqtisodiy inqiroz Rossiya rahbariyati vakillarini özlari olib borayotgan uruşga yanada sergakroq nigoh bilan qaraşga majbur qilmoqda. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilişiça, jamiyatda namoyon böla boşlagan asabiylikni elitaning köplab vakillari ham baham körmoqda, qolaversa, bazi yuqori martabali mulozimlar mojaro boşi berk köçaga kirib qolgani va undan çiqiş yöllari körinmayotganini aytmoqda.
Uşbu şaxslardan birining sözlariga köra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uruşni davom ettiriş niyatida, biroq uni yil yakuniga qadar tugatişni istarydi . Biroq, avvalgidek öz şartlari asosida, jumladan, Donbass ustidan töliq nazoratni qölga kiritiş orqali. Putin, şuningdek, Yevropa bilan xavfsizlik böyiça kengroq bitim tuzişni xohlaydi, bu şartnoma amalda Moskvaning hududiy yutuqlarini qonuniylaştirib berişi kerak.

Bir neçta yevropalik diplomatlar “Bloomberg”ga Rossiya hokimiyat yölaklaridagi muhitni mahzun deb baholaşlarini aytgan: jang maydonida patli (heç bir tomon ustunlik qila olmaydigan) vaziyat yuzaga kelgan, Ukraina uçuvçisiz uçiş apparatlari esa nafaqat neftni qayta işlaş va eksport qiliş korxonalari faoliyatiga muntazam putur yetkazmoqda, balki uruşni Moskvaning içiga ham olib kirdi. 17 mayga ötar keçasi 600 ga yaqin dron Moskva regioniga mojaro boşlanganidan beri eng yirik hujumni uyuştirib, energetika obektlari, harbiy-sanoat majmuasi korxonasi va “Şeremetevo” aeroportiga zarba bergan.
Dronlardan qörqqani sababli Putin hududlarga safar qilişni butunlay töxtatgan va faqat havo hujumidan mudofaa (HHM) vositalari bilan eng kuçli himoyalangan Moskva, Moskva viloyati va Peterburgdagina jamoatçilikka köriniş bermoqda. Ukraina Qurolli Kuçlarining (UQK) zarbalari tezlaşgani fonida uning mamlakat böylab harakatlanişidagi tanaffus 196 kunga yetgan.
Şu bilan birga, Kreml yetakçisi öz ambitsiyalarini kamaytirgani yöq va Donbassni egallaş niyatida, ustiga-ustak, oliy harbiy qömondonlik uni buni kuzgaça amalga oşiriş mumkinligiga işontirgan.
“Men uni hamma narsani hozirgi front çiziğida tugatişga undadim. Ammo u tinimsiz: “Yöq, men bunga rozi bölolmayman”, deydi manbalardan biri.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: