Isroil bu yil ham Ğazo ahlining Hajga borişiga tösqinlik qildi
26-05-2026, 08:54
100 марта

Isroil bu yil ham Ğazo ahlining Hajga borişiga tösqinlik qildi
Dunyo musulmonlari Makkai mukarramada – muqaddas Haj arkonlarini bajariş uçun yiğilgan bir vaqtda Isroil ketma-ket uçinçi bor Ğazo aholisining uşbu amalni ado etişiga tösqinlik qilmoqda, deb xabar berdi Al Jazeera telekanali.Hanan al-Xams 2024 yilda 3000 nafar falastinlik bilan birgalikda Haj ziyoratiga yöl olişi kerak edi. 2023 yil 7 oktyabr kuni boşlangan vayronkor uruş ortidan u islom dinining beşinçi farzini ado etiş imkonidan mahrum böldi.

Uruşga qadar ham Ğazo sektoriga kiriş va undan çiqiş uçun Isroil rasmiy idoralari ruxsati talab etilgan.
Isroil Ğazoga 2007 yildan buyon tatbiq etib kelgan qamal siyosati sabab quruqlik, havo va dengiz orqali iş, öqiş yoki ziyorat uçun hududdan çiqiş amrimahol bölib kelgan. Uruşdan keyin esa sektorni tark etiş butunlay imkonsiz bölib qoldi.
Ğazoning 2,3, million aholisi omonat çodirlarda, vayronalar içida jon saqlamoqda. 72775 nafar falastinlik esa uruş tufayli hayotdan bevaqt köz yumdi.
2025 yil oktyabr oyida tuzilgan muvaqqat tinçlik bitimi ham qirğinbarotni töxtata olmadi. Hali ham tinç aholi vakillari Isroil harbiylari öqiga uçmoqda.
Ğazo sektorining 60 foizi Isroil armiyasi işğoli ostida qolayotgan bir paytda falastinliklar köplab huquqlar qatori Hajga boriş imkonidan ham mosuvo etilgan.
Adnan Abu Ful va uning rafiqasi Ummu Ibrohim muqaddas Kabani tavof qilayotgan ziyoratçilarni uyali telefonning möjaz ekranidan tomoşa qilar ekan, közyoşlarini tiya olmayotir.

Ğazo vaqf va din işlari böyiça vazirligi malumotiga qaraganda, Isroil Misr bilan çegaradoş Rafah nazorat-ötiş punktini yopib qöygani sababli, sönggi uç yil mobaynida 10 mingdan ziyod fuqaro Hajga bora olmagan.
2026 yil may oyida Falastin siyosiy tadqiqotlar markazi ötkazgan taqdiqotda Isroilning Ğazo aholisiga Haj va Umrani ado etişga tösqinlik qilayotgani iqtisodiy genotsid deb atalgan.
Ğazo sektorida muqaddas ziyoratni taşkil etiş bilan şuğullangan turistik kompaniyalar uyuşmasi rahbari Muhammad al-Astalning aytişiça, uruş payti şirkatlarning ofislari ham vayron etilgan.
Falastin siyosiy tadqiqotlar markazi Tel-Aviv mamuriyatining uşbu xatti-harakatini tasodifiy amaliyot emas, balki ğarazli siyosat deb hisoblaydi. Bu esa xalqaro huquq meyorlari, jumladan, Fuqarolik va siyosiy huquqlari töğrisidagi xalqaro paktning qöpol ravişda buzilişidir.
Ğazo vaqf va din işlari böyiça vazirligi hudud aholisining muqaddas arkonlarni ado etişiga tösqinlikni bartaraf etişda Saudiya Arabistoni, Misr hukumatlari hamda xalqaro hamjamiyatdan kömak söragan.