Putin Qozoğistonda: Töqayev uni dabdaba bilan kutib oldi
28-05-2026, 15:35
178 марта

Putin Qozoğistonda: Töqayev uni dabdaba bilan kutib oldi
Keça, 27 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Qozoğistonga keldi. Bugun, 28 may kuni poytaxt Ostonada Rossiya yetakçisini tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Oqörda matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Rossiya yetakçisini şaxsan özi kutib olgan. Oliy martabali mehmon şarafiga Mustaqillik saroyi uzra Qozoğiston Havo mudofaasi kuçlari qiruvçi samolyotlari namoyiş parvozini amalga oşirib, osmonda Rossiya bayroği ranglaridagi tutunli iz qoldirgan.


Davlat rahbarlari bir-birlariga delegatsiya azolarini taniştirgan. Faxriy qorovul rotasi boşliğining qutlov raportidan söng ikki davlat milliy madhiyalari yangragan.


Malumot uçun, Putin Qosim-Jomart Töqayevning taklifiga binoan davlat taşrifi bilan Qozoğistonga kelgan. Muzokaralar davomida davlat rahbarlari Qozoğiston va Rossiya örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qiladi.