Frontdagi vaziyat: may Ukraina qurolli kuçlari uçun muvaffaqiyatli keçmoqda
28-05-2026, 16:26
99 марта

Ukraina dronlarining Moskva va Rossiyaning boşqa yirik şaharlariga yopirilma hujumlari yangiliklar lentasida frontdagi voqealarni bir çetga surib qöydi. Frontdagi vaziyat esa Rossiya qurolli kuçlari uçun yaxşi holatda emas. May oxirlayotganiga qaramay Rossiya qöşinining Kramatorsk yönalişida yorib ötişi röy bermadi. Aynan Kramatorsk-Slovyansk aglomeratsiyasini egallaş – RF qurolli kuçlari uçun asosiy harbiy-siyosiy maqsad bölib qolmoqda, çunki bu amalda Donbass töliq işğol etilişini anglatadi. Aglomeratsiya atrofida hosil bölgan «yoy»dagi törtta yönalişning ikkitasida Rossiya armiyasi may oyi davomida qiyinçilik bilan atigi bir neça kilometrga ilgariladi. Yana bittasida – Severskiy Donets ortida, Slovyansk röparasida – Ukraina qurolli kuçlari qarşi hujumga ötdi. Qişda bosib olingan Pokrovsk şimolidagi törtinçi (asosiy) uçastkada ham Rossiya armiyasi son jihatdan ustunlikka egaligiga qaramay, oldinga yura olmayapti. Boşqa yönalişlarda ham jiddiy natijalar yöq – u yerlarda yoki RF qurolli kuçlari «lokal miqyosdagi yutuqlar» bilan çeklangan yoki Ukraina qurolli kuçlari samarali qarşi hujumlar uyuştirmoqda.
Söngi yillarda may oyi Rossiya qöşini jiddiy hujumlarni amalga oşiradigan va yil oxirigaça olib boriladigan katta amaliyotlarga poydevor qöyiladigan davr bölib kelayotgandi.
- 2022 yil may oyida Mariupol mudofaaçilari taslim bölgan va bu Rossiyaning katta ğalabasi sifatida qayd etilgan.
- 2023 yil mayida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi Ukraina qurolli kuçlari uzoq vaqt davomida qattiq qarşilik körsatişiga qaramay, oğir yöqotişlar evaziga bölsa-da, Baxmutni egallaş jarayonini yakunlagan.
- 2024 yil mayida RF qurolli kuçlari Avdiyivkadan ğarbdagi Oçertino atrofida front çiziğini yorib ötgan, bu esa yil oxirigaça janubiy Donbass töliq egallab olinişini boşlab bergandi.
- 2025 yil mayida Rossiya qöşini köp oy davom etgan oğir janglardan keyin Pokrovsk–Konstantinovka yöli böylab ötgan front çiziğini kesib ötgan, bu esa Pokrovsk aglomeratsiyasini örab oliş va yakunda töliq işğol etişga olib kelgandi.
- 2026 yil mayida esa heç qanday yorib ötişdan darak yöq. Va Rossiya armiyasining muammolari tasodifiy emas: dronlarning frontda va front ortidagi imkoniyatlari ortib borişi quruqlik orqali hujumlarni uruş olib borişning tobora qimmatroq uslubiga aylantirmoqda. Raqib mudofaasini yengib ötiş uçun avvaliga duşmanning dronlar operatorlarini zararsizlantiriş talab etilmoqda, şu sababli hal qiluvçi hujumga tayyorgarlik körişning özi haftalab va oylab davom etişi mumkin. Va bunday hujumlarda ham muvaffaqiyatga erişilgan taqdirda raqib mudofaasi içkarisiga kirib boriş masofasi 10 kilometrdan oşmaydi.