Latviya Rossiya va Belarus bilan savdoni töxtatmoqçi
3-06-2026, 20:22
42 марта

Latviya Rossiya va Belarus bilan savdoni töxtatmoqçi
Latviya Boş vaziri Andris Kulbergs mamlakat Rossiya va Belarus bilan iqtisodiy aloqalarni töliq töxtatişi kerakligini qatiy qöllab-quvvatlaşini bildirdi. U bu haqda keça, 2 iyun kuni bölib ötgan hukumat yiğilişida malum qildi.Kulbergsning aytişiça, bu ikki davlat bilan savdo aloqalari “keraksiz qaramlik” bölib, mamlakat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorligiga salbiy tasir körsatadi. Şu bilan birga, Boş vazir ayrim istisnolar qöllanilişi mumkinligini ham takidlagan. Xususan, farmatsevtika sohasiga nisbatan eksport çeklovlari töliq tatbiq etilmasligi ehtimoli bor. Kulbergsning fikriça, bu tarmoqni bir xil mezon bilan baholab bölmaydi, çunki farmatsevtika korxonalari Latviyaning muhim işlab çiqariş salohiyatiga ega bölib, ular qisqa vaqt içida boşqa bozorlarga töliq öta olmaydi. Şu bilan birga, bu istisnolar faqat farmatsevtikaga tegişlimi yoki boşqa sohalarni ham qamrab oladimi, hozirça aniq emas.
“Latviyada farmatsevtika korxonalari işlab çiqariş quvvati va tajribaga ega bölgan muhim kompaniyalar. Ular bizning mudofaamiz uçun ham juda muhim va bu imkoniyatlar himoya qilinişi kerak”, deydi Boş vazir.Taşqi işlar vaziri Baiba Brajega bu masalani Yevropa Ittifoqi bilan kelişib, birga yeçim topişni buyurgan, çunki Latviya bu işni yolğiz emas, YeI bilan hamkorlikda amalga oşiradi.
“Bu masalaga xavfsizlik nuqtai nazaridan qaralmoqda. Bu “qora yoki oq” masala böla olmaydi”, deya qöşimça qilgan Kulbergs.