11 yil Marsni örgangan zond butunlay işdan çiqdi
3-06-2026, 23:24
84 марта

11 yil Marsni örgangan zond butunlay işdan çiqdi
NASA Mars orbitasida ön yildan ortiq vaqt davomida işlagan MAVEN zondi işdan çiqqanini rasman tan oldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.Agentlik missiya yakunlanganini bugun, 3 iyun kuni tasdiqlagan. Zond ötgan yilning dekabr oyi boşida, navbatdagi rejali aylaniş paytida Mars ortiga yaşiringan vaqtda aloqaga çiqmay qolgan. MAVEN (Mars Atmosphere and Volatile EvolutioN) – sayyora atmosferasining yuqori qatlamlarini va uning quyoş şamoli bilan özaro tasirini örganiş uçun maxsus yaratilgan birinçi Mars orbital apparatidir. 2013 yilning noyabr oyida uçirilgan apparat 2014 yilning sentyabrida Mars orbitasiga çiqqan. Missiyaning asosiy vazifasi Mars milliardlab yillar davomida öz atmosferasini qanday yöqotganini aniqlaşdan iborat edi.
Apparat bilan aloqa 2025 yil 6 dekabrda uzilgan. Yer usti stantsiyalari tomonidan qayd etilgan telemetriya parçasi şuni körsatdiki, zond Mars ortidan avariya holatida va öz öqi atrofida ğayrioddiy yuqori tezlikda aylangan holda çiqqan. NASA maxsus komissiyasining xulosasiga köra, uşbu aylaniş tufayli bort batareyalari töliq quvvatsizlangan va aloqa tizimi elektr manbasidan uzilgan. Oqibatda apparat qayta tiklab bölmaydigan holatga kelgan.
Iş faoliyati davomida MAVEN nafaqat Mars atmosferasini tadqiq qilgan, balki Yer va Curiosity hamda Perseverance marsoxodlari örtasida aloqa uzatuvçisi bölib ham xizmat qilgan.
Missiyaning muhim ilmiy natijalari qatoriga quyidagilar kiradi:
- Mars öz boşlanğiç atmosferasining katta qismini yöqotgani haqidagi malumotlar;
- Qutb yoğdusining yangi turlarining kaşf etilişi;
- Quyoş şamoli sayyoraning atmosfera qobiğini yemirişda davom etayotganini kuzatiş.