USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Unutilgan Sovet “Lunoxod”i 40 yil ötib Oydan signal yubordi

508 марта

Unutilgan Sovet “Lunoxod”i 40 yil ötib Oydan signal yubordi

1971 yilda aloqa uzilgan sovet apparati “Lunoxod-1” kutilmagan tarzda yana olimlar etibor markaziga tuşdi. Apparat Oy yuzasidan signal qayd etilganini aniqladi. Bu haqda “Spacedaily” naşri xabar qildi.

“Lunoxod-1” Yer yöldoşiga 1970 yil noyabr oyida “Luna-17” missiyasi doirasida yetkazilgan. Dastlab apparat qisqa muddat işlaşi rejalaştirilgan, ammo u qariyb bir yil faoliyat yuritib, Oy yuzasi böylab taxminan 10,5 kilometr masofani bosib ötgan hamda Yerga köplab suratlar va ilmiy malumotlar yuborgan.
Apparat bilan aloqa 1971 yil kuzida butunlay yöqolgan. Vaqt ötişi bilan olimlar unga örnatilgan lazer qaytargiçdan ham foydalana olmay qolgan, çunki “Lunoxod-1”ning aniq koordinatalari yöqolgan. Vaziyat faqat 2010 yilda özgargan. Amerikaning “Lunar Reconnaissance Orbiter” zondi Oy yuzasining batafsil suratlarida apparatni aniqlagan. Şundan söng tadqiqotçilar “Lunoxod” tomon lazer impulsi yuborib, kuçli javob signali olgan.

Olimlarning sözlariga köra, sovet apparatidagi qaytargiç hatto “Lunoxod-2”nikidan ham samarali çiqqan. Ilk ölçovlarda apparat taxminan 2 ming fotonni qaytargan. Bu esa avvalgi 750 fotonlik rekorddan ança yuqori natija hisoblanadi.
Tadqiqotçilarning takidlaşiça, bunday lazer ölçovlari Yer va Oy örtasidagi masofani yuqori aniqlik bilan hisoblaş, şuningdek, Oy harakati va uning içki tuzilişini örganişga yordam beradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: