USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Antarktida muz qatlami ostida ulkan geologik tuzilma aniqlandi

187 марта
Антарктида муз қатлами остида улкан геологик тузилма аниқланди

Xalqaro olimlar guruhi Şarqiy Antarktida muz qatlami ostida ilgari nomalum bölgan qita miqyosidagi geologik tuzilmani aniqladi. U qalinligi uç kilometrgaça bölgan muz ostida yaşiringan ulkan havzalar tarmoğidan iborat bölib, unga “Şarqiy Antarktida yelpiqsimon havzalar provintsiyasi” deb nom berildi. Bu haqda Durham universiteti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, uşbu tuzilma tarkibiga ilgari alohida örganilgan bir neçta obektlar – Uilks va Avrora havzalari, şuningdek, Yer yuzidagi eng yirik muz osti köli bölmiş Vostok köli joylaşgan havza kiradi. Garçi ularning har biri ilgari alohida tadqiq etilgan bölsa-da, ularning yagona va özaro boğliq tizimga tegişli ekanligi birinçi marta aniqlangan.

Olimlarning fikriga köra, uşbu tuzilma yer qobiğining tarqoq rotatsion çözilişi – yer qobiğining markaziy nuqtadan asta-sekin kengayib, uçburçak şaklidagi havzalarni hosil qiliş jarayoni natijasida şakllangan. Tadqiqotçilar uşbu tizimni oçilgan kaftga qiyoslamoqda: bunda boş barmoqning asosi harakatsiz qoladi, qolgan barmoqlar esa yon tomonlarga yoyiladi. Mazkur provintsiya Gondvana superqitasining evolyutsiyasi hamda keyinçalik Antarktida va Avstraliyaning ajralib ketişi bilan boğliq bir neçta tektonik bosqiçlar davomida şakllangan bölişi mumkin.

Bu kaşfiyot nafaqat qitaning geologik ötmişini qayta tiklaş uçun, balki bugungi kunda muz osti poydevori relefining muzlar harakatiga körsatadigan tasirini örganişda ham muhim ahamiyatga ega. Şuningdek, u iqlim özgarişiga eng zaif bölgan muz qatlamlari hududlarining barqarorligini belgilab berişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yer muzliklari xavotirli suratlarda qisqarib borayotgani haqida xabar berilgan edi. Olimlarning hisob-kitoblariga köra, 2025 yilda sayyora muzliklari jami 408 gigatonna muz yöqotgan. Ötgan yil global muz erişi böyiça eng yomon yillardan biri bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: