Yerning ozon qatlami tiklanib borayotgani malum böldi
21-09-2025, 22:44
417 марта
Yerning ozon qatlami tiklanib borayotgani malum böldiOzon qatlamini tiklaş böyiça sönggi 45 yilda körilgan çoralar öz samarasini berayotgani takidlanmoqda.
Sayyora uçun yaxşi yangilik: ozon qatlami tiklanişda davom etmoqda va 2024 yilda stratosferadagi «teşik» 2020 yildan 2023 yilgaça bölgan davrga nisbatan kamaydi.
Demak, Yerning Quyoşdan keladigan zararli ultrabinafşa nurlardan himoyalanişi asta-sekin tiklanmoqda. Butunjahon meteorologiya taşkiloti (WMO) malumotlariga köra, ozon qatlamining tiklanişi önlab yillik xalqaro hamkorlik tufayli mumkin böldi.
Bunga 1980 yilgi Vena konventsiya şartnomasi, keyin esa 1987 yilgi Monreal protokoli asos böldi. Ular mamlakatlarni xlorftoruglerod (CFC) kabi ozonni yemiruvçi moddalardan bosqiçma-bosqiç voz keçişga majbur qildi. Ularni işlab çiqariş va istemol qilişning 99 foizdan ortiği allaqaçon töxtatilgan.
2024 yilda Antarktida ustidagi ozon tuynugining çuqurligi 1990−2020 yillardagi örtaça körsatkiçdan past böldi. Agar hozirgi çora-tadbirlar davom ettirilsa, ozon qatlami 1980 yillardagi darajaga töliq tiklanişi mumkin: 2066 yilga borib, Antarktida ustida, 2045 yilga borib, Arktika ustida va 2040 yilga borib butun dunyoda. Bu teri saratoni, katarakta va ekotizimlarga zarar yetkaziş xavfini kamaytiradi.