Ozon qatlami – Yerning körinmas qalqoni
16-09-2025, 19:26
257 марта

Ozon qatlami – Yerning körinmas qalqoni
16 sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qiliş kuni. Bu sana BMT tomonidan 1994 yilda belgilab qöyilgan bölib, insoniyatning tabiat oldidagi masuliyatini yodga soladi.Ilmiy kaşfiyotdan global harakatga
Ozon qatlami – Yerning yuqori qatlamlaridagi körinmas, ammo beqiyos ahamiyatli «qalqon». U insoniyatni va barça tirik jonzotlarni zararli ultrabinafşa nurlardan himoya qiladi. Agar bu qatlam bölmasa, teri saratoni, köz kasalliklari keskin köpayişi, qişloq xöjaligi va ekotizimlar izdan çiqişi muqarrar edi.
1980 yillarda olimlar aniq dalillar bilan şu qatlamning zararli kimyoviy moddalar tasirida yemirilayotganini körsatdilar. Bu inson tarixida ilk bor global ekologik hamkorlikning boşlanişiga turtki berdi.
1985 yilda 28 davlat Ozon qatlamini muhofaza qiliş böyiça Vena konventsiyasini imzoladi. Oradan ikki yil ötgaç esa, tarixda eng muvaffaqiyatli xalqaro kelişuv deb atalgan Monreal protokoli qabul qilindi. U sovutgiçlarda, konditsionerlarda, aerozollarda işlatiladigan xlorftoruglerodlar (CFC) va ularga öxşaş moddalarni bosqiçma-bosqiç yöq qilişni nazarda tutardi.
Monreal – insoniyatning katta yutuqi
Protokol bir neça yönalişda 100 ga yaqin kimyoviy moddalarni nazorat qiladi. Ularning har biri ozon qatlamini yemiruvçi potentsialiga qarab belgilangan muddatlarda bosqiçma-bosqiç taqiqlandi. Bugungi kunda Monreal protokoli rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda teng darajada muvaffaqiyat bilan amalga oşirilgan. Köplab moddalar belgilangan muddatdan ham oldin yöq qilindi.
Yangi bosqiç
2016 yilda Ruanda poytaxti Kigalida protokolga yangi özgartiriş kiritildi. Bu safar gap ozon qatlamini töğridan-töğri yemirmaydigan, ammo iqlim özgarişiga katta tasir körsatadigan gidroftoruglerodlar (HFC) haqida bordi. Ular ham bosqiçma-bosqiç qisqartirilişiga kelişildi.
Ozon qatlamining tiklanişi haqidagi yangiliklar umidbaxş. Olimlar fikriça, agar belgilangan qoidalarga rioya qilinsa, 2050 yillarga borib ozon qatlami töliq soğayişi mumkin. Bu insoniyatning hamjihatlik bilan tabiat foydasi yölida harakat qilsa, ulkan yutuqlarga erişa olişini isbotlaydi.
Biz nima qila olamiz?
Eski konditsioner va sovutgiçlarni freonni çiqarib yubormay, qoidalarga köra yöqotiş, tabiatga zararsiz mahsulotlardan foydalaniş, ekologik odatlarni kundalik hayot tarziga aylantiriş asosiy maqsadimiz bölişi kerak.
Ozon qatlami – közimizga körinmaydigan, ammo hayotimiz uçun juda muhim qalqon. Uni asraş – faqat olimlar yoki davlatlar emas, balki har bir insonning masuliyati.
Insoniyat tarixidagi uşbu tajriba bizga bir narsani örgatdi: tabiatni asraşni keçiktirişga haqqimiz yöq.