Meksikada munitsipalitet meri öz uyida otib öldirildi
Nomalum şaxslar Meksikanin Oaxaka ştati San-Migel-Amatitlan munitsipaliteti meri Xoel Anxel Bravo Martinesni otib öldirdi. Bu haqda “El Universal” gazetasi xabar berdi.
Jurnalistlarning malumotlariga köra, voqea keça, 13 iyun kuni ertalab sodir bölgan. Qurollangan guruh 53 yoşli merning uyiga bostirib kirgan. Hudud boş prokuraturasi tergov harakatlarini boşlagan. Uşbu amaldor 22 may kuni qöşni Puebla ştatidagi trassada ham hujumga uçragan: öşanda nomalum şaxslar pistirma qurib, mer va uning uç nafar hamrohini maşinadan tuşişga majbur qilgan va ularni tunab ketgan.
Uşbu holat yuzasidan Oaxaka ştati Boş prokuraturasi tergov harakatlari boşlanganini malum qilgan.
“Ştat Boş prokuraturasi suriştiruv işlarini texnik va ilmiy jihatdan qatiy nazorat ostiga oladi hamda hujum mexanizmini aniqlaş, jinoyatning ijroçilari va buyurtmaçilarini foş etiş, şuningdek, uşbu qotillik böyiça jazoning muqarrarligini taminlab, qonunning qatiy qöllanilişini kafolatlaş uçun idoralararo tezkor razvedka kuçlarini birlaştiradi”, deya xabar bergan prokuratura.
Eslatib ötamiz, avvalroq futbol böyiça Eron terma jamoasining Meksikaning Tixuana şahridagi maşğulot bazasi yaqinidan çirigan inson jasadi topilgandi.