Germaniya va Yaponiya faol ravişda qayta qurollanmoqda – NYT
Ikkinçi jahon uruşi davrida ittifoqçi bölgan Germaniya va Yaponiya hozirda faol ravişda qayta qurollanmoqda va özaro aloqalarini mustahkamlamoqda. Bu haqda “New York Times” naşri xabar berdi.
Naşrning qayd etişiça, har ikkala mamlakat ham ayni paytda AQŞga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bölmoqda, ularning Xitoy va Rossiya borasidagi xavotirlari esa kuçayib bormoqda. Berlin va Tokio örtasidagi hamkorlik “Katta yettilik” (G7) davlatlari rahbarlarining yaqinlaşib kelayotgan uçraşuvida yanada kuçayişi kutilmoqda. Tomonlar allaqaçon texnologiyalar va qurol-yaroğ almaşişni boşlab yuborgan.
“Bu safar Yaponiya va Germaniya mudofaa nuqtai nazaridan birlaşmoqda: Berlin Ukrainaning Rossiyaga qarşi harakatlarini qöllab-quvvatlamoqda, Tokio esa Xitoy va Şimoliy Koreya tomonidan bölayotgan tahdidlardan xavsiramoqda. Ular şunga öxşaş qaraşlarga ega bölgan boşqa “örta kuçlar” safiga qöşilmoqdalar”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, jurnalistlarning sözlariga köra, sönggi yillarda har ikki davlatda ham tinçlik, diplomatiya, erkin savdo va madaniy almaşinuv ğoyalarini ilgari suruvçi antimilitaristik harakatlar zaiflaşgan. AQŞ Prezidenti Donald Trampning Yevropada xavfsizlikni taminlaşdan voz keçiş bilan tahdid qilgani esa ikki davlatning qayta qurollanişga bölgan intilişini tezlaştirgan.
OAVning eslatişiça, Yaponiya Boş vaziri Sanae Takaiti mamlakat janubida Xitoygaça yetib borişga qodir bölgan uzoq masofali raketalarni joylaştirdi va uruşdan keyingi qurol eksportiga qöyilgan taqiqlarni bekor qilgan. Bundan taşqari, Yaponiya Avstraliyaga harbiy kemalar yetkazib beriş böyiça 6,5 milliard dollarlik şartnoma imzolagan hamda Filippin va Indoneziya bilan ularni eksport qiliş böyiça muzokaralar olib bormoqda.
Şu bilan birga, 2026 yilning bahorida Tokioda ön minglab odamlar qurol eksportini oşiriş va milliy razvedka agentligini taşkil etiş haqidagi qarorlarga qarşi norozilik namoyişlariga çiqqandi. Namoyiş taşkilotçilaridan biri Naxoko Xisiyama “Takaitining siyosati çuqur xavotir uyğotayotganini, çunki u Yaponiyani harbiy davlatga aylantirişga qaratilganini” bildirgan.