Rossiya Kiyevning tarixiy qadamjosini bombardimon qildi. Qurbonlar bor
Bugun, 15 iyunga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Ukraina poytaxti Kiyevga keng kölamli havo hujumlarini uyuştirdi. Hujum oqibatida UNESCÖning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan Kiyev-Peçersk lavrasi hududida yirik yonğin yuz berdi. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.
Kiyev şahar harbiy mamuriyati rahbari Temur Tkaçenkoning malum qilişiça, lavra hududida kuçli yonğin kelib çiqqan. Şahar meri Vitaliy Kliçko esa yonğin majmuaning asosiy ibodatxonasi – Uspenskiy sobori tom qismida yuz berganini bildirgan.
Hujum oqibatida Kiyevning bir neçta tumanlaridagi turar joy binolari va fuqarolik infratuzilmasi zarar körgan. Jumladan, Peçersk tumanidagi beş qavatli, Solomenskiy tumanidagi töqqiz qavatli hamda Obolon tumanidagi turar joy binolariga zarba tegib, ayrim joylarda qisman qulaş holatlari kuzatilgan. Şuningdek, Şevçenko tumanida bozor, oziq-ovqat dökoni va köp qavatli uy zarar körgan.
Sönggi malumotlarga köra, hujum oqibatida kamida 9 kişi halok bölgan, önlab odam jarohat olgan.
Zarbalar oqibatida elektr uzatiş tarmoqlariga ham zarar yetgan va Kiyevdagi 140 mingga yaqin abonent elektr taminotisiz qolgan.
Rossiyaning tungi hujumlari Ukrainaning boşqa hududlarini ham qamrab olgan. Xarkov şahrida avvalgi zarba oqibatidagi yonğinni öçirişga kelgan qutqaruvçilarga takroriy hujum uyuştirilişi ortidan 5 nafar qutqaruvçi halok bölgan, yana kamida 5 kişi jarohat olgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina droni Qrimda Moskva–Simferopol yönalişidagi yölovçi poyezdiga hujum qilgandi. Zarba oqibatida maşinist yordamçisi halok bölgan, maşinist esa jarohatlangan edi.