Tişlar inson evolyutsiyasidagi yaşirin haqiqatni oçdi
Olimlar qadimgi inson ajdodi hisoblangan Homo erectus tişlarini örganiş orqali ularning boşqa qadimgi inson turlari bilan aralaşib ketgan bölişi mumkinligini aniqladi. Bu haqdagi tadqiqot “Associated Press”da elon qilindi.
Malumotlarga köra, Xitoy hududidan topilgan va taxminan 400 ming yil avval yaşagan Homo erectus’da tiş emali oqsillariga tegişli genetik izlar aniqlangan. Bu tişlar beş erkak va bir ayolga tegişli bölib, ular bir neçta turli hududlardan topilgan.
Olimlar aniqlagan birinçi genetik mutatsiya ilgari heç qaçon qayd etilmagan bölib, ehtimol Şarqiy Osiyoda yaşagan Homo erectus guruhiga xos noyob belgidir. Bu topilma öşa davrda inson turlari orasida geografik farqlar bölganini körsatadi.
Ikkinçi mutatsiya esa yanada qiziqroq natija bergan. U zamonaviy insonlarning juda kam qismida uçraydi, şuningdek, yöqolib ketgan Denisova insonlarida (Denisovans) ham aniqlangan. Bu esa qadimgi inson turlari bir-biri bilan gen almaşgan bölişi mumkinligini bildiradi.
Tadqiqotçilarning fikriça, Homo erectus Denisovalar bilan çatiştiriş (aralaşib köpayiş) jarayonida genlarni ularga ötkazgan bölişi mumkin. Keyinçalik esa Denisovalar va zamonaviy inson ajdodlari özaro aralaşganda, bu genlar hozirgi insonlargaça yetib kelgan bölişi ehtimoldan xoli emas.
Smitsonian Milliy tabiiy tarix muzeyi olimi, tadqiqotda iştirok etmagan paleoantropolog Rayan Makrey bu kaşfiyotni “inson kimligi va kelib çiqişini tuşunişda juda qiziqarli yangi yondaşuv” deb baholagan. Uning aytişiça, hali ham aniq munosabatlar töliq oydinlaşmagan, ehtimol Homo erectus Denisovalarning bevosita ajdodi bölişi ham mumkin.
Olimlar bu masala juda murakkab ekanini, çunki qadimgi DNK juda kam saqlanib qolganini aytmoqda. Şu sababli inson evolyutsiyasi tarixini aniq tiklaş uçun yana köplab qazilma topilmalar va genetik namunalar zarur. Tadqiqot mualliflari esa Homo erectus haqida köproq DNK yoki suyak qoldiqlari topilsa, inson turlarining özaro aloqalari yanada aniqroq oçilib berilişini aytmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq olimlar Xitoyda Homo juluensis deb nomlangan qadimiy odamning yangi turini kaşf etgandi. Uşbu tur taxminan 200 ming yil avval yöqolib ketgan.