USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

G7 davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib beradi

99 марта
G7 давлатлари Украинага қурол етказиб беради

Frantsiyaning Evian-le-Ben şahrida bölib ötgan G7 sammitida iştirok etgan davlatlar rahbarlari Kiyevni qöllab-quvvatlaş va Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni kuçaytirişga qaratilgan yangi çoralarni kelişib oldi. Bu haqda tomonlar qabul qilgan qöşma bayonotda aytiladi.

Bayonotda aytilişiça, G7 davlatlari Rossiyaning mudofaa-sanoat majmuasi va harbiy iqtisodiyotiga bosimni oşiriş, ayniqsa neft-gaz sohasidagi çeklovlarni kuçaytirişga alohida etibor qaratişga kelişib olgan.

Sammit iştirokçilari Rossiyaning neft va gaz sektoriga qarşi qöşimça çoralarni joriy etiş uçun hozir eng qulay payt yuzaga kelganini takidlagan. Bunga AQŞ Prezidenti Donald Tramp tomonidan Hormuz böğozining oçilişi böyiça kelişuv imzolangani sabab sifatida körsatilgan.

Şuningdek, G7 mamlakatlari Ukrainani “qöllab-quvvatlaş” siyosatini yana bir bor tasdiqlagan. Xususan, zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimlari, qöşimça zenit majmualari, tutib qoluvçi raketalar hamda uzoq masofaga möljallangan qurol-yaroğ yetkazib berişni kengaytirişni rejalaştirmoqda.

Bundan taşqari, G7 Ukrainaga öz hududida harbiy mahsulot işlab çiqariş hajmini oşiriş imkonini beruvçi litsenziyalarni taqdim etiş masalasini ham körib çiqadi.

Davlatlar, şuningdek, Ukrainaga kelayotgan qiş mavsumini ötkazişda yordam beriş maqsadida energetika sohasidagi kömakni davom ettirişga vada bergan.

Malumot uçun, G7 tarkibiga Germaniya, AQŞ, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya va Kanada kiradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Donald Tramp Eron bilan tinçlik kelişuvi imzolanişi va Hormuz böğozi oçilişi fonida Rossiya neftiga nisbatan sanktsiyalarni qayta tiklaşni rejalaştirayotgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: