USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Rossiya neftiga qarşi sanktsiyalarni qayta tiklamoqçi

61 марта
Трамп Россия нефтига қарши санкцияларни қайта тикламоқчи

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan tinçlik kelişuvi imzolanişi va Hormuz böğozi oçilişi fonida Rossiya neftiga nisbatan sanktsiyalarni qayta tiklaşni rejalaştirayotganini malum qildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

“Yaqin orada buni amalga oşirişimiz mumkin, çunki hozir Fors körfazidan neft yetkazib berilmoqda. Biz sanktsiyalarni olib taşlagandik, çunki neft taminotiga tösqinlik qilişni istamagandik. Şunday ekan, yaqin orada bunga imkoniyat paydo böladi”, degan Tramp.

AQŞ mart oyi örtalarida dengiz orqali taşiladigan Rossiya neftiga qöyilgan çeklovlarning bir qismini vaqtinça yumşatgan edi. Bunga jahon bozorida yoqilği tanqisligi yuzaga kelgani sabab qilib körsatilgan. Dastlab imtiyoz 30 kunga berilgan, keyinçalik esa ikki marta yana bir oydan uzaytirilgan. Hozir amalda bölgan istisno muddati 18 iyunda yakunlanadi.

AQŞ va Eron 19 iyun kuni Şveytsariyaning Jeneva şahrida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvni imzolaşi kutilmoqda. Kelişuv 60 kunlik sulh va Hurmuz böğozining oçilişini nazarda tutadi, biroq uning barça tafsilotlari hozirça oşkor qilinmagan.

Tramp Eron bilan kelişuvga erişilganidan söng, endi Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni hal qiliş böyiça say-harakatlarni yana kuçaytirişini ham bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropa komissiyasi Rossiyaga qarşi eng yirik 21-sanktsiyalar paketi doirasida 170 dan ortiq yangi çeklov joriy etişni taklif qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: