Rossiya biznesi Özbekistonning barça hududiga kirib borgan – Mişustin
Rossiya biznesi Özbekistonning deyarli barça hududlarida faoliyat yuritmoqda, umumiy say-harakatlar natijasida iş örinlari paydo bölmoqda va talab yuqori bölgan mahsulotlar işlab çiqariş köpaymoqda. Bu haqda Özbekistonda bölib turgan Rossiya Hukumati raisi Mixail Mişustin bugun, 17 iyun kuni V Toşkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisidagi nutqida aytib ötdi.
“Rossiya biznesi respublikaning deyarli barça hududlarida mavjud. Biz umumiy say-harakatlar samarasini körmoqdamiz – iş örinlari paydo bölmoqda, xaridorgir mahsulotlar işlab çiqariş köpaymoqda. Rossiya hukumati ham Özbekiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaşga intilmoqda”, deydi Mişustin.
U muhim tadbirkorlik taşabbuslarini yanada qöllab-quvvatlaş uçun qöşma Investitsiya platformasi işga tuşirilganini qayd etgan.
“Alkogolsiz içimliklar va oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça işlab turgan zavodning işlab çiqariş va logistika quvvatlarini kengaytiriş böyiça pilot loyihaga moliyaviy yordam berildi. Platforma orqali uni amalga oşiriş uçun mablağlarning törtdan uç qismi jalb qilindi”, deydi u.
Uning alohida urğulaşiça, Rossiya Özbekiston iqtisodiyotidagi yetakçi investorlardan biriga aylandi. Investitsiyalarning umumiy hajmi 4 trillion rubldan oşgan.
“Bu yerda 3 mingdan ortiq mahalliy korxona faoliyat yuritib, 150 ga yaqin yirik investitsiya loyihalarini amalga oşirmoqda. Ularning umumiy qiymati 4 trillion rubldan oşadi”, deydi Boş vazir.
Unga köra, Rossiya va Özbekiston örtasidagi sanoat kooperatsiyasi yangi bosqiçga kötarilmoqda, buning uçun zarur infratuzilma şakllantirilmoqda.
“Biz birgalikda buning uçun zarur infratuzilmani yaratmoqdamiz. Jumladan, qöşma texnoparklar taşkil etiş. Ular allaqaçon Toşkent va Jizzax viloyatlarida faoliyat yuritmoqda. Aprel oyida Navoiy şahrida sanoat parki oçildi”, deydi Mişustin.
Bundan taşqari, u Özbekistonda vagonsozlik klasteri, şuningdek, tijorat avtomobillarini işlab çiqariş uçun yiğiş tsexlari qurilişi davom etayotganini bildirdi.