USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ va Eron nimalarga kelişib oldi?

117 марта
АҚШ ва Эрон нималарга келишиб олди?

CNN naşri AQŞ va Eron örtasida tuzilgani aytilgan, “Islomobod memorandumi” deb nomlangan 14 banddan iborat özaro anglaşuv memorandumining töliq matnini elon qilindi.

Hujjat Hormuz böğozini xalqaro savdo uçun oçiş, Eronga qarşi neft va moliyaviy sanktsiyalarni bosqiçma-bosqiç bekor qiliş hamda Eron yadroviy dasturi böyiça bölajak muzokaralar doirasini belgilab beradi.

Memorandumning 14 bandi quyidagiça:

  1. AQŞ, Eron Islom Respublikasi va ularning mazkur mojarodagi ittifoqçilari barça frontlarda, jumladan Livanda ham harbiy harakatlarni zudlik bilan va doimiy töxtatiş maqsadida uşbu özaro anglaşuv memorandumini imzolaydi. Tomonlar bir-biriga qarşi harbiy harakatlar boşlamaslik, kuç işlatiş yoki kuç işlatiş bilan tahdid qilmaslik, şuningdek Livanning hududiy yaxlitligi va suverenitetini taminlaş majburiyatini oladi.
  2. AQŞ va Eron bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qiliş hamda içki işlariga aralaşmaslik majburiyatini oladi.
  3. Tomonlar yakuniy kelişuv böyiça muzokaralarni köpi bilan 60 kun içida yakunlaşga kelişadi. Muddat özaro kelişuv asosida uzaytirilişi mumkin.
  4. Imzolangan zahoti AQŞ Eron atrofidagi dengiz blokadasini bekor qilişni boşlaydi va 30 kun içida töliq tugatadi. Şu davrda kemalar qatnovi uruşdan oldingi darajaga qaytariladi. Şuningdek, AQŞ yakuniy kelişuvdan keyin 30 kun içida Eronga yaqin hududlardan öz kuçlarini çiqaradi.
  5. Eron Fors körfazi va Ummon dengizi orqali savdo kemalarining xavfsiz va bojsiz harakatlanişini taminlaydi. Bu tartib 60 kun amal qiladi. Minalardan tozalaş va tösiqlarni bartaraf etiş işlaridan keyin 30 kun içida töliq normallaşuv taminlanadi.
  6. AQŞ mintaqaviy hamkorlar bilan birgalikda Eronni tiklaş va iqtisodiy rivojlantiriş uçun kamida 300 milliard dollarlik moliyaviy reja işlab çiqiş majburiyatini oladi.
  7. AQŞ Eronga qarşi barça sanktsiyalarni, jumladan BMT, MAGATE va özining birlamçi hamda ikkilamçi çeklovlarini bosqiçma-bosqiç bekor qiladi. Eron esa yadroviy qurol yaratişga intilmasligini tasdiqlaydi.
  8. Boyitilgan yadroviy materiallar masalasi MAGATE nazorati ostida hal qilinadi.
  9. Yakuniy kelişuv imzolangunga qadar tomonlar mavjud holatni saqlab qoladi: Eron yadroviy dasturini özgartirmaydi, AQŞ esa yangi sanktsiyalar joriy etmaydi va harbiy iştirokini kuçaytirmaydi.
  10. AQŞ sanktsiyalar töliq bekor qilingunga qadar Eron nefti eksporti va moliyaviy operatsiyalar uçun istisnolar taqdim etadi.
  11. AQŞ Eronning muzlatilgan va çeklangan aktivlarini oçiş majburiyatini oladi.
  12. Tomonlar kelişuv bajarilişini nazorat qiliş böyiça maxsus mexanizm yaratadi.
  13. Asosiy bandlarni amalga oşiriş boşlanganidan keyin tomonlar yakuniy kelişuvning qolgan qoidalari böyiça muzokaralarga kirişadi.
  14. Yakuniy kelişuv BMT Xavfsizlik Kengaşining majburiy rezolyutsiyasi bilan tasdiqlanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: