Markaziy Osiyoda ilk bor krematoriy iş boşladi
Joriy yil aprel oyining oxirida Qozoğiston va Markaziy Osiyodagi birinçi krematoriy iş boşladi, biroq krematsiya uçun ariza topşiriş jarayoni haligaça tartibga solinmagan. Bu haqda “Vlast” xabar berdi.
Qayd etilişiça, mamlakat Suniy intellekt va raqamli rivojlaniş vazirligi naşrning rasmiy söroviga bergan javobida krematsiya davlat xizmatlari reyestriga kiritilişini malum qilgan, ammo aniq muddatni oçiqlamagan.
Krematoriy öz faoliyatini boşlaganidan keyin, köpçilik krematsiyaga ariza beriş tartibi bilan boğliq qiyinçiliklar haqida malum qilgan. Masalan, arizaga ilova qilinişi kerak bölgan hujjatlardan biri – marhumning hayotlik çoğidagi yozma xohiş-istagi hisoblanadi, vaholanki, amaliyotda bunday hujjatning yagona davlat namunaviy şakli mavjud emas.
Raqamli rivojlaniş vazirligining malum qilişiça, krematsiya davlat xizmatlari reyestriga kiritilgandan söng, davlat xizmatini körsatiş qoidalari işlab çiqiladi va tasdiqlanadi. Uşbu qoidalar bilan ariza beriş tartibi, zarur hujjatlar röyxati, fuqaroning hayotlik çoğidagi xohiş-istagini rasmiylaştiriş va tasdiqlaşga qöyiladigan talablar, davlat xizmatini körsatiş muddati, şuningdek, krematsiyani taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq boşqa protsessual masalalar belgilanadi.
Şuningdek, vazirlik jarayonni raqamlaştiriş masalalari, jumladan, uşbu xizmatni eGov portali orqali oliş imkoniyatlari ham körib çiqilişini bildirgan.
Malumot uçun, krematsiya (lotinça crematio — kuydiriş, yondiriş sözidan olingan) – marhumning jasadini maxsus yuqori haroratli peçlarda (krematoriylarda) olov yordamida kuydiriş orqali kul holiga keltirişdan iborat dafn qiliş marosimidir.