USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Maşhur xonanda “axloqsiz kontent” uçun 74 darra jazoga tortildi

529 марта
Машҳур хонанда “ахлоқсиз контент” учун 74 дарра жазога тортилди

Eronlik xonanda Parostu Ahmadiy va uning kontsertiga tayyorgarlikda iştirok etgan sakkiz nafar jamoa azosi 2024 yilda YouTube orqali jonli efirda namoyiş etilgan kontserti sababli 74 darra jazoga hukm qilindi. Bu haqda “The Guardian” naşri xabar qildi.

Sud hujjatlariga köra, Qum viloyati jinoyat sudi ijodkorlarni internetda “axloqsiz va nomaqbul kontent” tayyorlaş hamda tarqatiş orqali jamoat odob-axloqiga zarar yetkazişda aybdor deb topgan. Hukmga muvofiq, Parostu Ahmadiy va boşqa ayblanuvçilarga 74 qamçi jazosi tayinlangan. Şuningdek, ular ikki yil muddatga mamlakatdan çiqiş huquqidan mahrum qilingan va ikki yil davomida ijodiy faoliyat bilan şuğullanişi taqiqlangan.

Eron rasmiy sud axborot agentligi hozirça qarorni elon qilmagan. Biroq hujjatlarni körgan huquq himoyaçilari va advokatlar bu işni hokimiyatning madaniy muhitdagi norozilik va mustaqil fikrlarni çeklaşga qaratilgan kengroq siyosati sifatida baholamoqda.

29 yoşli xonanda 2024 yil dekabr oyida “Az xune ҷavonane vatan” (“Vatan yoşlarining qonidan”) nomli vatansevarlik qöşiğini hijobsiz holda jonli efirda ijro etgan edi. Uşbu çiqiş tez orada internetda ommalaşib, YouTube platformasida millionlab tomoşalar töplagan.

Kontsert elon qilinganidan köp ötmay Parostu Ahmadiy va bir neça musiqaçi qisqa muddatga hibsga olingan, keyinçalik ozod qilingan. Oradan vaqt ötib esa videoni tarqatiş böyiça rasmiy iş qözğatilgan.

AQŞda joylaşgan Eronda inson huquqlari markazining huquqiy taşabbuslar böyiça rahbari Bahor Ğandehariy mazkur jazoni qattiq tanqid qilgan. Uning aytişiça, hijobsiz holda qöşiq kuylagani uçun xonandaga nisbatan 74 qamçi jazosining qöllanilişi Eronda inson huquqlari bilan boğliq vaziyat özgarmaganini yana bir bor körsatadi.

“Dadbon” huquqiy maslahat markazi advokati Muin Xazaeliy esa bu hukm huquqiy asosga ega emasligini bildirdgan. Uning sözlariga köra, Eron jinoyat qonunçiligida ayollarning qöşiq aytişi, musiqa ijro etişi yoki musiqiy asarlar yaratişi jinoyat sifatida belgilanmagan. Şu sababli bunday faoliyatni “axloqsiz kontent tayyorlaş va tarqatiş” deb baholaş mumkin emas.

Oskar mukofotiga nomzod bölgan “Muqaddas anjir uruği” filmida suratga tuşganidan keyin mamlakatni tark etişga majbur bölgan aktrisa Setare Malokiy esa Parostu Ahmadiyning çiqişi unda qarşilik ruhini yanada kuçaytirganini takidlagan.

“U barça oqibatlarni bilgan holda ham ayol sifatida yaşaş, qöşiq aytiş va eşitiliş huquqidan voz keçmadi. Eron ayollari zulmga qarşi kuraşni heç qaçon töxtatmaydi”, degan aktrisa.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eronlik Nobel mukofoti laureati qamoqda yurak xurujiga uçragani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: