Nigerdagi eng yirik aeroport hujumga uçradi. Qurbonlar bor
Keça, 19 iyun kuni Nigerdagi eng yirik aeroportga jangarilar tomonidan uyuştirilgan hujum oqibatida 35 kişi halok böldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Mahalliy aholiga köra, ertalab Niger poytaxti Niameydagi Diori Amani nomidagi xalqaro aeroport hududida portlaş va otişma ovozlari eşitilgan. Niger Mudofaa vazirligining xabar berişiça, halok bölganlar orasida 22 nafar jangari, 11 nafar harbiy xizmatçi va ikki nafar tinç aholi vakili bor. Hujum uçun javobgarlikni “Al-Qoida” bilan aloqador bölgan JNIM guruhi öz zimmasiga olgan.
Vaziyat nazorat ostiga olingan va kuç tuzilmalari qolgan hujumçilarni qidiriş böyiça operatsiyani boşlab yuborgan.
“Biz namozni taxminan soat 05:50 da tugatdik va köp ötmay xuddi biron narsa portlagandek qattiq gumburlaş ovozini eşitdik. Nima bölayotganini faqat keyinroq tuşundik”, deydi mahalliy turğun Lavalli Tsalxa.
Rasmiylarning bildirişiça, yöq qilingan 22 nafar jangaridan taşqari yana tört nafari yaralangan, 20 nafar gumonlanuvçi esa qölga olingan. Xavfsizlik kuçlari, şuningdek, katta miqdordagi qurol-yaroğ arsenalini, jumladan, RPG-7 granatomyotlari, AK-47 avtomatlari, portlovçi moddalar, granatalar, aloqa vositalari va minglab patronlarni musodara qilgan.
Bazi mahalliy aholi vakillari ham hujumçilarni qidirişga qöşilgan. Guvohlarning sözlariga köra, qurollangan fuqarolar gumonlanuvçi şaxslarni qölga olişga urinib, yirik piçoq va tayoqlar bilan hududda patrullik qilgan. Aeroport hududi töliq qurşab olingan, xavfsizlik kuçlari esa kirayotgan va çiqayotgan barça transport vositalarini tekşiruvdan ötkazgan.
Afrika ittifoqi komissiyasi raisi Mahmud Ali Yusuf hujumni keskin qoralagan va hujumni qaytarib, strategik obektni himoya qilişga muvaffaq bölgan Niger xavfsizlik kuçlarining harakatlarini yuqori baholagan.
Diori Amani nomidagi xalqaro aeroport fuqarolik aeroporti va harbiy baza funktsiyalarini özida birlaştirgan holda Nigerning eng muhim xavfsizlik obektlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda Sahel davlatlari alyansi obektlari ham joylaşgan. Sönggi haftalarda Niger rasmiylari aeroport yaqinidagi bir neçta mahallalarni buzib taşlagan va buni terrorçilik xavfini kamaytiriş zarurati bilan izohlagan. Şuningdek, aeroportning qöriqlanadigan hududi kengaytirilgan va 350 dan ortiq kuzatuv kameralari örnatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Mali armiyasi “Al-Qoida”ga aloqador JNIM terroristik guruhiga qarşi dron hujumlari uyuştirgandi. Dronlar San mintaqasidagi qabilalardan birining töy ziyofati ötayotgan joyga borib tuşgan va oqibatda 10 nafar tinç aholi halok bölgan.