Kuba parlamenti tarixiy islohotlar paketini maqulladi
Joriy yilning 18 iyun kuni Kuba Milliy assambleyasi mamlakat sotsialistik iqtisodiyotining salmoqli qismini xususiylaştirişni nazarda tutuvçi islohotlar paketini bir ovozdan qabul qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hujjatni hukmron Kommunistik partiya va mamlakatning sobiq yetakçisi Raul Kastro qöllab-quvvatlagan. Agar uşbu çora-tadbirlar elon qilingan şaklda amalga oşirilsa, bu Kuba modelining 1959 yilgi inqilobdan keyingi eng yirik özgarişi va bozor iqtisodiyotiga buriliş böladi.
Islohot xususiy köçmas mulk qurilişiga yöl oçadi, davlat korxonalarini aktsiya va uluşlarga ega bölgan xususiy tijorat kompaniyalariga aylantiriş imkonini beradi, şuningdek, uzoq vaqt davomida davlat monopoliyasi bölib kelgan moliya sektoriga xususiy banklarni kiritadi. Hujjat, şuningdek, davlat mulkini Kuba va xorijlik yuridik hamda jismoniy şaxslarga, jumladan, çet elda yaşayotgan kubaliklarga sotişga ruxsat beradi. Bu haqda deputatlarga ovoz berişdan oldin namoyiş etilgan televizion taqdimotda malum qilingan.
Ovoz berişdan avval Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel deputatlarni mamlakatning sotsialistik ötmişiga sodiq qolişga çaqirgan.
“Bu yerda dunyoning eng qudratli davlati tomonidan tarixdagi eng uzoq davom etgan blokadani boşdan keçirgan sotsialistik quriliş jarayonini qanday davom ettiriş kerakligi haqidagi dilemma muhokama qilinmoqda. Biz sotsializmdan voz keçmayapmiz”, deydi u.
Boş vazir Manuel Marrero bozorni “resurslarni samarali taqsimlaş vositasi” deb atagan. Bu esa, qayd etilişiça, Kuba kommunist rasmiysi uçun nodir iboradir. Boş vazir 175 dan ortiq çora-tadbirlardan iborat röyxatni deputatlarga deyarli ikki soatlik nutqi davomida taqdim etgan va undan söng Milliy assambleya hujjatni bir ovozdan maqullagan. Yangi çoralar qançalik tez va qaysi mexanizmlar orqali amalga oşirilişi hozirça nomalum.
“Reuters”ning yozişiça, Kuba iqtisodiyotini liberallaştiriş böyiça taklif etilgan uşbu çoralarning aksariyati mamlakat içida va taşqarisida yillar davomida muhokama qilib kelingan, biroq aynan AQŞning qattiq bosimi ularni yana birinçi planga olib çiqqan. Kubaning byurokratik va samarasiz bölgan davlat iqtisodiyoti Kuba sotsializmini uzoq yillar davomida qöllab-quvvatlagan Sovet Ittifoqi parçalanganidan beri qiyinçiliklarni boşdan keçirmoqda. Tramp mamuriyatining sanktsiyalari, jumladan, bir neça oylik neft blokadasi Kubaga harakat qiliş uçun juda kam imkoniyat qoldirgan: orol iqtisodiyotini inqirozga uçratgan, xorijiy biznesning çiqib ketişiga sabab bölgan va turizm sohasini deyarli butunlay barbod qilgan. Dias-Kanel iqtisodiyotni oçiş qarori Kuba va AQŞ örtasida şu yil boşlangan, biroq, aftidan, boşi berk köçaga kirib qolgan “muzokaralar bilan boğliq emasligini” aytgan.
Joriy yil may oyida AQŞ tomonidan qotillikda ayblangan Raul Kastro islohotlarni qöllab-quvvatlagan. U 17 iyun kuni siyosiy byuroga, söngra 18 iyun kuni deputatlarga taqdim etilgan maktubida uşbu çoralarni foydali deb atagan va ularni tezroq amalga oşirişga çaqirgan. Bu paket, şuningdek, ilk bor Kuba biznesiga 100 dan ortiq xodimni işga yollaşga ruxsat beradi va tadbirkorlarga bir vaqtning özida bir neçta xususiy kompaniyaga egalik qiliş imkonini taqdim etadi. Marreroning sözlariga köra, xususiy kapital harakati davlat nazorati ostidagi yanada moslaşuvçan bank tizimi va vakolatli agentlarga ega real vaqt rejimidagi raqamli valyuta bozori orqali taminlanadi.