USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şotlandiyadagi masjid yaqinida erkak bolta bilan odamlarga hujum qildi

81 марта
Шотландиядаги масжид яқинида эркак болта билан одамларга ҳужум қилди

Şotlandiyaning Edinburg şahridagi masjid yaqinida piçoq va bolta bilan qilingan hujumda beş kişi jarohat oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Malum qilinişiça, voqea 19 iyun kuni keçqurun sodir bölgan. Mahalliy vaqt bilan soat 20:50 atrofida politsiyaga şaharning ğarbiy qismidagi masjid yaqinida ikki kişi hujumga uçragani haqida xabar kelib tuşgan.

Keyinroq 36 yoşli erkak yana uç nafar şaxsga ham hujum qilgan. U köçmas mulk agentligi yaqinidagi odamlarga taşlangan, şuningdek, yonilği quyiş şoxobçalaridagi bir neçta avtomobillarga zarar yetkazgan, dökonni vayron qilgan hamda birinçi hodisa joyidan bir neça kilometr uzoqlikdagi pitstseriya eşigini sindirgan.

Politsiya malumotiga köra, jabrlanganlarning yoşi 22 yoşdan 39 yoşgaça bölib, ularning hayotiga xavf yöq. Hodisa yuzasidan tergov işlariga terrorizmga qarşi kuraş bölinmasi ham jalb etilgan.

BBC malumotlariga köra, hujum diniy nafrat zamirida sodir etilgan bölişi mumkin. Şotlandiya Birinçi vaziri Jon Suinni mamlakatda zöravonlik, irqçilik va murosasizlikka örin yöqligini takidlagan.

Qölga oliş vaqtida gumonlanuvçi “mamlakatni himoya qilayotgani”ni baqirib aytgani xabar qilinmoqda. Hozirda hodisaning barça tafsilotlari örganilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Kaliforniya ştatidagi San-Diyego okrugidagi masjidga hujum uyuştirilgandi va oqibatda uç nafar erkak halok bölgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: