Ufada 15 yoşli ösmir universitet yotoqxonasiga hujum qildi
7-02-2026, 21:09
225 марта

Ufada 15 yoşli ösmir universitet yotoqxonasiga hujum qildi
Bugun, 7 fevral kuni Rossiyaning Ufa şahrida 15 yoşli ösmir piçoq bilan tibbiyot universiteti yotoqxonasida yaşovçi talabalarga hujum qildi. Bir neça kişi jarohat oldi. Bu haqda Rossiya RBK xabar berdi.Rossiya Tergov qömitasi malumotlariga köra, hujumçi yotoqxona binosiga kirib, u yerda yaşovçi talabalarga jarohat yetkazgan. Jabrlanganlar tibbiyot muassasalariga yetkazilgan.
TASSning mamlakat IIV rasmiy vakili Irina Volkka tayanib xabar berişiça, tört kişi jabrlangan. Başqirdiston Soğliqni saqlaş vazirligi ularning ahvolini barqaror deb baholamoqda. Biroq “Baza” va “Maş” Telegram-kanallari jabrlanganlar soni olti nafarga yetişi mumkinligini, ular orasida yotoqxona qöriqçisi ham borligini malum qilgan.
Şuningdek, binoda xorijlik talabalar yaşaşi haqida ham xabarlar tarqalgan. Mazkur malumot rasman tasdiqlanmagan.
Ösmir qölga olinayotganda qarşilik körsatgan. Oqibatda ikki nafar politsiya xodimi piçoqdan jarohat olgan. Hujumçi öziga ham jarohat yetkazgan va şifoxonaga yotqizilgan. TASS malumotiga köra, uning ahvoli oğir deb baholanmoqda.
Tergov qömitasi ikki va undan ortiq şaxsni öldirişga suiqasd hamda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimining hayotiga tajovuz qiliş moddalari böyiça jinoyat işi qözğatgan.