AQŞ va Eron 60 kun içida yakuniy kelişuvga erişadi
AQŞ va Eron Şveytsariyada ötkazilgan muzokaralarda 60 kun içida yakuniy tinçlik kelişuviga erişiş böyiça yöl xaritasini kelişib oldi. Bu haqda Qatar Taşqi işlar vazirligi malum qildi.
Bayonotga köra, Doxa va Islomobod vositaçiligida tuzilgan qömita yuqori darajadagi “yöl xaritasi”ni tasdiqlagan bölib, bu 60 kun içida yakuniy kelişuvga olib boruvçi jarayonning asosini taşkil etadi.
Şuningdek, bu kelişuv yangi texnik muzokaralarning darhol boşlanişini nazarda tutadi.
Qatar TIVning X sahifasida elon qilingan bayonotda aytilişiça, AQŞ va Eron delegatsiyalarining birinçi raundi 22 iyun kuni yakunlangan, biroq texnik muzokaralar hafta oxirigaça davom etadi. Ular Şveytsariyaning Burgenştok kurortida bölib ötmoqda.
Tomonlar, şuningdek, Livanda harbiy harakatlarni töxtatiş mexanizmi böyiça kelişgan va Hormuz böğozi orqali tijorat kemalarining xavfsiz ötişi uçun aloqa liniyasini oçgan.
“Reuters” xabarga köra, AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens Eron rasmiylari bilan muzokaralarni boşlagan va aprel oyidan beri amal qilib kelayotgan öt oçişni töxtatiş rejimi yana kamida 60 kunga uzaytiriş masalasi muhokama qilingan.
Avvalroq, Eron TIV vakili Ismoil Bağoiy Hormuz böğozi orqali kemalarning xavfsiz ötişi uçun favqulodda mexanizm yaratilganini bildirgan edi. Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi esa neft eksporti va muzlatilgan aktivlar kabi bir qator masalalar böyiça kelişuvga erişilganini aytgan.
Muzokaralardan oldin Eron Hormuz böğozini qayta yopiş haqida bayonot bergan, AQŞ Prezidenti Donald Tramp esa Eronni qayta hujumlar bilan tahdid qilgan. Şundan söng Eron delegatsiyasi muzokara joyini tark etgani haqida ham xabarlar tarqalgan.
Eron, şuningdek, Trampdan uzr söraşni talab qilgan, çunki u Eron vakillariga Hormuz böğozi yopilsa “sizning davlatingiz bölmaydi” degan mazmunda ogohlantiriş bergan.
Kelişuv 18 iyun kuni masofadan turib imzolangan memorandumdan keyin boşlangan bölib, u ikki davlat örtasidagi qurolli ziddiyatni tugatiş va kengroq tinçlik muzokaralariga yöl oçişga qaratilgan dastlabki qadam hisoblanadi.