USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kanadadagi kondan ikki mlrd yillik suv topildi

158 марта
Канададаги кондан икки млрд йиллик сув топилди

Geologlar Kanadaning Ontario provintsiyasidagi Kidd-Krik konidan yer pöstloğida taxminan ikki milliard yil davomida izolyatsiyada qolgan suvni topdi. Bu haqda Toronto universiteti tadqiqotiga tayanib, “Space Daily” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, suv namunasi taxminan uç kilometr çuqurlikdan yuqoriga olib çiqilgan. Tahlillar şuni körsatdiki, uşbu suv uzoq vaqt davomida qadimgi toğ jinslari qarida “qamalib qolgan” va atmosfera bilan umuman aloqada bölmagan. Olimlarga uning yoşini aniqlaşda suyuqlikda erigan atsil gazlar – geliy, neon, argon va ksenon tarkibi yordam bergan. Uşbu elementlar yopiq tizimda töplanib borgan, bu esa suvning qança vaqt davomida izolyatsiyada bölganini baholaş imkonini bergan.

Tadqiqotçilarning sözlariga köra, suyuqlik haddan taşqari şör – undagi tuzlar kontsentratsiyasi dengiz suviga qaraganda taxminan ön baravar yuqori. Şuningdek, u yaqqol seziladigan aççiq tam va ötkir oltingugurt hidiga ega.

Olimlarda alohida qiziqiş uyğotgan jihat şundaki, uşbu qadimgi suv tarkibida mikroorganizmlar mavjud bölgan. Olimlarning fikriça, mikroorganizmlar quyoş nuri iştirokisiz, suv va atrofdagi minerallar örtasidagi kimyoviy reaktsiyalar tufayli top-qoronğilikda yaşab qolişga muvaffaq bölgan.

Tadqiqotçilar bu topilmani Yerning qadimiy tarixiga oid noyob “kapsulali” parça deb atamoqda. U sayyoraning çuqurlikdagi ekotizimlarida hayot qanday rivojlanganini va mikroorganizmlar qanday şaroitda milliardlab yillar davomida yaşay olişini yaxşiroq tuşunişga yordam berişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Arizona ştati universiteti tadqiqotçilari tuman şunçaki suv tomçilarining töplami emas, balki bakteriyalar yaşaşi, köpayişi va ifloslantiruvçi moddalarni qayta işlaşi mumkin bölgan faol mikromuhit ekanligini aniqlagan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: